Institut xodimlari tomonidan yangi ilmiy maqola chop etildi.

Institut xodimlari tomonidan yangi ilmiy maqola chop etildi.

Ilmiy maqola

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti tamonidan tayyorlagan “Genetic Dynamics of Allotetraploid Cotton Species ( spp.) and Their Utilization in Breeding for Superior Fiber Quality” nomli ilmiy maqola 2026-yil 19-sentabrda nufuzli Plants jurnalida chop etildi.
Tadqiqotda zamonaviy madaniy g‘o‘za navlari, ayniqsa Gossypium hirsutumning genetik bazasi torayib borayotgani, bu esa tola sifati, hosildorlik va noqulay muhit omillariga chidamlilikni yanada yaxshilash imkoniyatlarini cheklayotgani asosiy ilmiy muammo sifatida ko‘rsatilgan. Mualliflarning asosiy xulosasiga ko‘ra, yovvoyi va ekzotik allotetraploid g‘o‘za shakllarida saqlanib qolgan noyob allellarni madaniy navlarga kiritish orqali g‘o‘zaning genetik xilma-xilligini kengaytirish hamda yuqori sifatli tolaga ega yangi seleksiya materiallarini yaratish mumkin.
Mazkur muammoni hal qilish uchun , G. barbadense va G. darwinii namunalarini o‘zaro duragaylash, olingan F₁ va F₂ avlodlarini morfologik, sitogenetik va molekulyar markerlar yordamida baholash taklif etilgan. Tadqiqot davomida F₂ avlodlar orasidan tola uzunligi 38,0–40,9 mm gacha yetgan istiqbolli transgressiv shakllar ajratib olingan hamda o‘rganilgan genotiplarda 113 ta noyob allel aniqlangan. Shuningdek, seleksiya uchun istiqbolli marker hududlari va ayrim nomzod genlar belgilangan. Ushbu natijalar yovvoyi va ekzotik g‘o‘za shakllaridan donor sifatida foydalanish hamda markerlarga asoslangan seleksiya orqali yuqori sifatli tolaga ega yangi g‘o‘za navlarini yaratish uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Maqola chop etilgan Plants jurnalining Journal Impact Factor ko‘rsatkichi — 4,7. Jurnal Clarivate Journal Citation Reports ma’lumotlariga ko‘ra, Plant Sciences yo‘nalishida Q1 kvartilga kiradi va 285 ta jurnal orasida 46-o‘rinni egallaydi.
Maqola bilan tanishish: https://doi.org/10.3390/plants15182866

2026-09-18 17