#Xalqaro_konferensiya | #Ilmiy_hamkorlik

#Xalqaro_konferensiya | #Ilmiy_hamkorlik

#Xalqaro_konferensiya | #Ilmiy_hamkorlik
2026-yil 21–23-sentabr kunlari Toshkent davlat agrar universitetida “The 2nd China–Central Asia International Conference on the Innovation and Cooperation of Agricultural Science and Technology” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Konferensiyaning asosiy mavzusi — “Empowered by Technology, United for Green Agriculture” bo‘lib, unda Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan olimlar, mutaxassislar hamda ilmiy tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti direktori, b.f.d., professor F.N. Kushanov ishtirok etdi.
Professor F.N. Kushanov konferensiya doirasida “Modern Biotechnological Approaches for Developing Climate-Resilient Cotton Using Genetic Resources”“Genetik resurslardan foydalangan holda iqlim o‘zgarishiga chidamli g‘o‘za navlarini yaratishning zamonaviy biotexnologik yondashuvlari” mavzusida ilmiy ma’ruza taqdim etdi.
 Ushbu konferensiya qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar va biotexnologik yondashuvlarni joriy etish, iqlim o‘zgarishi sharoitida barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, genetik resurslardan samarali foydalanish hamda Xitoy–Markaziy Osiyo ilmiy hamkorligini yanada mustahkamlash uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.


#IGPEB #Genetika #Biotexnologiya #XalqaroHamkorlik #GreenAgriculture #ClimateResilientCotton #ChinaCentralAsia #IlmFan
 

2026-09-22 23