O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida 2026-yil 29-oktabr kuni “Iqlim o‘zgarishi sharoitida biologik va genetik xilma-xillikni saqlash, barqaror foydalanish va innovatsion yondashuvlar” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi. Anjumanda ishtirok etish uchun ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari xodimlari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, agrosanoat klasterlari va fermer xo‘jaliklari mutaxassislari, yosh olimlar, tayanch doktorantlar (PhD), doktorantlar (DSc), mustaqil izlanuvchilar hamda magistrantlarni taklif etamiz.
ANJUMANNING MAQSADI
Iqlim o‘zgarishi va resurslar tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligi o‘simliklari, hayvonlari va mikroorganizmlarining genetik xilma-xilligini asrash, ularning abiotik va biotik omillarga chidamliligini oshirish bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqot natijalarini integratsiya qilish, genetika, seleksiya, naslchilik, biologik himoya va biotexnologiya sohasidagi innovatsion ishlanmalarni agrosanoat tarmoqlariga joriy etish bo‘yicha ilmiy xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqish.
ANJUMANNING ILMIY YO‘NALISHLARI (SHO‘BALARI)
O‘simliklar genetik resurslari, zamonaviy seleksiya va urug‘chilik g‘o‘za, g‘alla, dukkakli va boshqa ekinlar genofondini saqlash; qurg‘oqchilik, sho‘r va issiqlik stresslariga chidamli yangi navlar yaratish; turlararo duragaylash, poliploidiya va birlamchi urug‘chilik tizimlari.
Chorvachilik va akvakulturada genetik xilmaxillik hamda naslchilik qishloq xo‘jalik hayvonlari va baliqlarning genetik resurslarini asrash; issiqlik va
iqlimiy stress sharoitida ularning mahsuldorligi va chidamliligini oshirish;
zamonaviy naslchilik seleksiya usullari.
Mikroorganizmlar xilma xilligi, fitopatologiya va agrotizimlarni biologik himoyalash foydali rizobakteriyalari, endofitlar va fitopatogen mikroorganizmlar kolleksiyalari;
kasallik qo‘zg‘atuvchilar virulentligi dinamikasi; biologik himoya vositalari va bioo‘g‘itlar yaratish.
Molekulyar genetika, genomika, bioinformatika va zamonaviy biotexnologiya o‘simlik, hayvon va mikroorganizmlar genomini tahlil qilish; DNK markerlar (MAS), genlar ekspressiyasi, genetik muhandislik, CRISPR/Cas texnologiyalari; mikrob asosidagi nanobiomateriallar sintezi.
Ekologik muvozanat, innovatsion agrotexnologiyalar va oziq ovqat xavfsizligi o‘simlik va hayvonlar moslanuvchanligining fiziologik, biokimyoviy va epigenetik asoslari; sho‘rlangan va suvsiz hududlarda organik hamda resurstejamkor texnologiyalar; ilmiy ishlanmalarni klaster va agroxo‘jaliklarga joriy etish.


