Institutimiz olimining xalqaro ilmiy e’tirofi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti xodimi, biologiya fanlari doktori Baxtiyor A. Rasulov Xitoyning Northwest A&F University universiteti huzuridagi Shensi provinsiyasining qurg‘oqchil hududlar biologik resurslari va yashil aqlli qishloq xo‘jaligi bo‘yicha “Bir makon — bir yo‘l” qo‘shma laboratoriyasi Xalqaro akademik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari (Vice Chairman) etib tayinlandi.
Tayinlov muddati 2026-yil 25-sentabrdan 2031-yil 24-sentabrgacha etib belgilangan.
Mazkur tayinlov institutimiz olimlarining xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi nufuzi va e’tirofining yana bir muhim ko‘rinishi hisoblanadi. Ushbu xalqaro platforma qurg‘oqchil hududlarning biologik resurslarini o‘rganish, zamonaviy yashil va aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Baxtiyor A. Rasulovni ushbu yuksak va mas’uliyatli tayinlov bilan tabriklaymiz hamda kelgusi ilmiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!


