IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA BIOLOGIK VA GENETIK XILMA-XILLIKNI SAQLASH — DOLZARB ILMIY MASALA!

IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA BIOLOGIK VA GENETIK XILMA-XILLIKNI SAQLASH — DOLZARB ILMIY MASALA!

 2026-yil 29-oktabr kuni “Iqlim o‘zgarishi sharoitida biologik va genetik xilma-xillikni saqlash, barqaror foydalanish va innovatsion yondashuvlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
 Anjumanning tantanali ochilish marosimida mamlakatimizning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, professorlar va soha mutaxassislari ishtirok etib, kirish ma’ruzalari bilan so‘zga chiqdilar.
Jumladan:
 F.N. Kushanov — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti direktori, biologiya fanlari doktori, professor. Institutning ilmiy faoliyati, olib borilayotgan tadqiqotlar va istiqboldagi ilmiy yo‘nalishlar haqida ma’ruza qildi.
 K.Sh. Tojibayev — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori, biologiya fanlari doktori, akademik.
 Sh.E. Nomozov — Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti vakili, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, akademik.
 B.R. Xolmatov — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti direktori, biologiya fanlari doktori, professor.
Shuningdek, boshqa taniqli olimlar va professorlar ham so‘zga chiqib, anjumanning ilmiy-amaliy ahamiyati, iqlim o‘zgarishi sharoitida biologik resurslarni asrash hamda genetik xilma-xillikni saqlashning dolzarb masalalariga e’tibor qaratdilar.
 Anjumanning asosiy maqsadi — iqlim o‘zgarishining biologik xilma-xillikka ta’sirini o‘rganish, o‘simlik va hayvonot dunyosi genetik resurslarini muhofaza qilish, ulardan barqaror foydalanish hamda zamonaviy molekulyar-genetik va biotexnologik yondashuvlarni ilmiy amaliyotga joriy etish bo‘yicha tajriba almashishdan iborat.
 Mazkur ilmiy anjuman olimlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yangi ilmiy g‘oyalarni muhokama qilish va biologik hamda genetik xilma-xillikni saqlashga qaratilgan istiqbolli tadqiqotlarni rivojlantirish uchun muhim ilmiy muloqot maydoni bo‘ldi.

 

2026-10-30 23