DSc.02/30.12.2019.B.53.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi 27-may kuni bo'lib o'tadi

DSc.02/30.12.2019.B.53.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi 27-may kuni bo'lib o'tadi

Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.B.53.01 raqamli Ilmiy kengash

111208, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Yuqori-Yuz 266-uy, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti majlislar zali.Tel.: (+99871) 264-23-90; faks: (+99871) 264-22-30; e-mail: igebr_anruz@mail.ru

 

E’ L O N

Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/30.12.2019.B.53.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi 2025 yil «27» may kuni soat 1000 da bo‘lib o‘tadi.

 

KUN TARTIBI:

  1. Genomika va bioinformatika markazi kichik ilmiy xodimi Narmatov Sardor Esirgapovichning Porloq-4 va Ravnaq-1 g‘o‘za navlarida biostimulyator hamda bioo‘g‘itlar ta’sirida o‘zgaruvchan nomzod genlarni tavsiflash” mavzusidagi 03.00.14 - Genomika, proteomika va bioinformatika ixtisosligida biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishini himoyasi.

Ilmiy raxbar: b.f.f.d., PhD Darmanov Muxtor Muxammadovich.

Rasmiy opponentlar: b.f.d., Adilov Baxtiyor Shuxratovich

b.f.f.d.,PhD Turaev Ozod Sunatalievich

Yetakchi tashkilot: Mikrobiologiya instituti

  1. Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti kichik ilmiy xodimi Arslanova Sevara Karimjanovnaning “G‘o‘zani genomlararo (A1,G) duragaylash va AD genom asosida yangi donorlar olish” mavzusidagi “03.00.09 – Umumiy genetika” ixtisosligida biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini himoyaga qabul qilish.

Ilmiy raxbar: b.f.n., katta ilmiy xodim Ernazarova Ziroatxon Abduazimovna.

  1. Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti kichik ilmiy xodimi Erjigitov Doston Sheraliyevichning “DNK markerlar texnologiyasi yordamida yumshoq bug‘doyning biotik va abiotik omillarga chidamli genotiplarini olish” mavzusidagi “03.00.09 – Umumiy genetika” ixtisosligida biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini himoyaga qabul qilish.

Ilmiy raxbar: b.f.ф.д., PhD katta ilmiy xodim Turayev Ozod Sunnataliyevich.

  1. Genomika va bioinformatika markazi kichik ilmiy xodimi Bolkiyev Abduvaxid Abdullayevichning “Anorning (Punica granatum L.) mahalliy navlarini genetik tahlil qilish va in vitro usuli yordamida mikroklonli ko‘paytirish” mavzusidagi “03.00.14–Genomika, proteomika va bioinformatika” ixtisosligida biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini himoyaga qabul qilish.

Ilmiy raxbar: b.f.d., kat.i.х. Ubaydullayeva Xurshida Abdullayevna.

Ushbu himoya institutning youtubedagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatiladi

 
2025-05-22 51