Suniy intelekt asosida ta'lim dasturlari platformasi ishlab chiqildi.

Suniy intelekt asosida ta'lim dasturlari platformasi ishlab chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 14-oktabrdagi PQ–358-son qaroriga muvofiq sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha aholining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish hamda yoshlar orasida sun’iy intellekt texnologiyalarini ommalashtirish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan aistudy.uz sun’iy intellekt sohasida ta’lim dasturlari platformasi ishlab chiqildi.

Mazkur platforma turli toifadagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda maktab o‘quvchilari va talabalar, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari hamda xususiy sektor mutaxassislari sun’iy intellekt sohasida ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, ushbu platformada “Bir million sun’iy intellekt foydalanuvchilari” dasturi amalga oshirilmoqda.

 

2025-10-03 25