DOKTORANTURA, TAYaNCh DOKTORANTURA VA STAJYoR TADQIQOTChILIKKA 2026 YIL UChUN QABUL E’LON QILINADI!

DOKTORANTURA, TAYaNCh DOKTORANTURA VA STAJYoR TADQIQOTChILIKKA 2026 YIL UChUN QABUL E’LON QILINADI!

DOKTORANTURA, TAYaNCh DOKTORANTURA VA STAJYoR TADQIQOTChILIKKA 2026 YIL UChUN QABUL E’LON QILINADI!

O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti doktorantura, tayanch doktorantura, stajyor tadqiqotchilikka va mustaqil izlanuvchilikka 2026 yil uchun quyidagi ilmiy yo‘nalish bo‘yicha

QABUL E’LON QILINADI:

Ixtisoslik shifri va nomi Doktorantura Tayanch doktorantura Stajyor-tadqiqotchilar soni
03.00.09-Umumiy genetika 1 3 1
03.00.07- Osimliklar fiziologiyasi 1 3 1
03.00.03- Molekulyar biologiya, molekulyar genetika, molekulyar biotexnologiya 1 3 1

 

 

 

Hujjatlar 2025 yil 05 oktabrdan 05 noyabrgacha qabul qilinadi.

Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD) ga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar

  1. Ariza.
  2. Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda).
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
  4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.
  5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
  6. Pasport nusxasi.
  7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)
  8. Til boyicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat

Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz) orqali royxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

Doktorantura (DSc) ga talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar

  1. Ariza.
  2. Qisqacha biografik ma’lumot (obyektivka, namuna boʻyicha 3.5 shakl, oʻzbekcha va ruscha shaklda).
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
  4. Oliy malumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
  5. Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi.
  6. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).
  7. Pasport nusxasi.
  8. Ilmiy yutuqlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi)
  9. Til boyicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat

Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

Hujjatlar yagona elektron tizim https://daraja.ilmiy.uz orqali qabul qilinadi

Izoh:

Hujjatlar O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti Qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun tel:+998 99 006 73 47

 
2025-10-08 39