O‘simliklar immuniteti laboratoriyasi
Laboratoriya mudiri: Sherimbetov Anvar Gulmirzayevich, biologiya fanlari falsafa doktori
Tel. 71-264 23 90; e-mail. sher.anvar1981@gmail.com
Laboratoriyaning nomi:
O‘simliklar immuniteti laboratoriyasi
Laboratoriyaning asosiy yo‘nalishi:
Trichoderma harzianum shtammlarning elektroporatsiya usuli yordamida GFP genini reportyor plazmidaga transformatsiya qilish. Fitopatogen mikromitsetlarni elektroporatsiya usuli yordamida RFP genini (qizil lyuminessent oqsil) reportyor plazmidaga transformatsiya qilish. O‘simliklarga flyuresent belgili fitopatogen mikromitsetlarni va Trichoderma harzianum antagonistik shtammlarini inokulyasiya qilish va ularning real vaktdagi kolonizatsiyasini flyuresent mikroskop yordamida o‘rganish. Trichoderma harzianum shtammlarning flyuoressent belgili kolonizatsiyasi va har xil turdagi tuproqlarda hayotchanligini, shuningdek, ushbu shtammlarning o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sirini o‘rganish. Trichoderma harzianum shtammlarning Epl-1 serato-platanin oqsilining mikoparazitizmda, o‘simliklarning tizimli chidamliligi induksiyasi va fitopatogen zamburug‘larga qarshi himoya mexanizmlarida rolini aniqlash.
Laboratoriyaning asosiy vazifalari:
Kasallangan o‘simliklarning algoritmi diagnostiki
Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining zamburug‘li kasaliklarining diagnostikasi
morfologik va molekulyar-genetik usullar bilan fitopatogen zamburug‘larining identifikatsiyasi
PZR yordamida donli ekinlarining mikotoksin produtsentlarni xemotiplarni aniqlash
GFP va RFP reportyor tizimlaridan foydalangan holda in vivo va in vitro usullarda Trichoderma-Patogen-O'simlik o'zaro ta'sir qilish mexanizmlari ishlab chiqish.
Mikrobiometod yordamida qishloq xo‘jaliga foydalanish.
O‘simliklarning abiotik va biotik omillarga chidamli, serhosil navlarini ishlab chiqarishga keng joriy etish hamda yangi navlarini yaratish.
Laboratoriyada 1 ta fan doktori, 2 ta biologiya fanlari nomzodi 1 ta kichik ilmiy xodim ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Bundan tashqari 2 ta monografiya, 3 ta oliy o‘quv yutrlar uchun o‘quv qo‘llanma, 5 ta patent olingan, 2 ta navga patent olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga ariza topshirildi.
Laboratoriyaning asosiy yutuqlari:
F. culmorum – R-93, F. tricinctum – S-83, F. graminearum-AN-10, F. culmorum – A-78, F. equiseti-AN5, F. incarnatum-AN7, F. proliferatum-AN20, F. poae-AN42, F. oxysporum-AN44, F. solani-AN81, F. tricinctum-AN18 va F. poae-AN15 zamburug‘i shtammining tef-1α geni fragmenti asoslangan tur sikvensi bo‘yicha olingan natijalar NCBI (AQSH Milliy Biotexnologiya Axborot Markazi), EMBL-EBI Evropa nukleotid arxivi (Buyuk Britaniya, Kembridj) va DDBJ YAponiya DNK ma’lumotlar bazasida OP529853, OP529854, OP529855, OP529856, OP856716, OP856717, OP856718, OP856719, OP856720, OP856721, OP893792 va OP893793 ID raqamlari orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Laboratorya olimlari tomonidan olingan donor va tizmalar asosida ertapishar, serhosil, tola sifat ko‘rsatkichlari va tola chiqimi yuqori, tashqi noqulay omillarga chidamli, chigitida yog’ miqdori yuqori va viltga chidamli Gulbahor-2, Navbahor-2, Armug’on-2, Sadaf, Gulshan, Iftixor-2, Afsona, Mag‘rur va Iqbol yangi g‘o‘za navlar yaratilgan. Bu yangi navlar yangi Germplasm guruhiga kirib, yovvoyi g’o’za turlari ichidan qurg’oqchilikka va sho’rhoqlikka chidamli bo’lgan introgressiv tizmalardan olingan.
Oxirgi besh yilda 1 ta fan doktori DSc va 2 ta falsafa doktori PhD himoya qilingan. Bulardan tashqari 25 ta ilmiy ishlar nashr qilingan bo‘lib ulardan 17 tasi respublika va xorijiy davlat jurnallarida va 8 tasi respublika va xalqaro anjuman to‘plamlarida chop etilgan. Armug’on-2, Sadaf, Gulshan, Iftixor-2, Afsona yangi g‘o‘za navlariga patent olingan. Mag‘rur va Iqbol yangi g‘o‘za navlariga patent olish uchun talabnoma berilgan.
Ilmiy xodimlari
ShERIMBETOV ANVAR GULMIRZAEVICh
Mutaxassisligi: Mikrobiolog, fitopatolog.
Ilmiy daraja: Biologiya fanlari falsafa doktori
Ilmiy unvoni: Katta ilmiy xodim.
Ish joyi: O'zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti laboratoriya mudiri
Ilmiy yo'nalishlari:
Kasallagan qishloq xo'jaligi ekinlarini diagnoz qilish. O'simliklarda kasallik keltirib chiqaruchi fitopatogen mikroorganizmlar turlar tarkibini aniqlash, ularning morfologiyasi, sistematikasi, patogenlik xususiyatlarini o'rganish. Kollektsiyada saqlash va ularni optimizatsiya qilish. Molekulyar-genetik jihatdan turlarni identifikatsiya qilish.
Ishtirok etgan loyixalari:
«FA-A-QX-2018-224» amaliy loyihasi katta ilmiy xodim.
«MV-KX-A-KX-2018-140» amaliy loyihasi katta ilmiy xodim.
«FA-A8-T019» amaliy loyihasi katta ilmiy xodim.
«A-FA-BV-2019-6» amaliy loyihasi katta ilmiy xodim.
«A-FA-2021-539» amaliy loyihasi katta ilmiy xodim.
«AL-442105902» amaliy loyihasi katta ilmiy xodim.
«MRB-2021-544» amaliy loyihasi katta ilmiy xodim.
«FZ-20191 (2275+3015)» amaliy loyihasi rahbari.
Malaka oshirgan chet davlatlar:
2016 yil Hindistonning Bangalor shahrida
2018 yil Izrail davlati
2019 yil Rossiya Federatsiyasi Sankt- Peterburg shahri
2019 yil Rossiya Federatsiyasi Maskva shahri
2019 yil Xitoy Xalq Respublikasi
2022 yil Rossiya Federatsiyasi Sankt- Peterburg shahri
2022 yil Belorussiya davlati
2023 yil Turkiya Davlati
Ilmiy maqolalari: AQSh, Avstriya, Germaniya, Urkaina, Rossiya, Belorussiya, Hindiston kabi davlatlarda va respublikamizdagi ilmiy jurnallarda 150 dan ortiq maqola va tezislari chop etilgan. 4 ta o'quv qo'llanma, 3 mnografiya nashr qilingan. h-indeks – 1
RO'ZMETOV DILShODBEK RUSTAM O'G'LI
Mutaxassisligi: Boitexnolog, molekulyar-biolog
Ilmiy daraja: magistr
Ish joyi: O'zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti 2 kurs tayanch doktoranti.
Ilmiy yo'nalishlari:
O'simliklarning kasalliklarga chidamlilik genetikasi va selektsiyasi, mikologiya (mikroskopik zamburug'lar ajratish va identifikatsiyalash), fitopotologiya (o'simliklarda mikologik ekspertiza olib borish, fitopatogen mikroorganizmlar kollektsiyasi genetik resurslarni saqlash va boyitish, mikogerbitsid kompozitsiya ishlanmalari, biotexnologiya (suniy infektsion fona yaratish va kasalligiga bionazoratini ishlab chiqishda samaradorligini in vitro usulida aniqlash). Molekulyar-genetik jihatdan turlarni identifikatsiya qilish uslublari (an'anaviy PZR, raqamli PZR, DNK ni sekvenis qilish).
Ishtirok etgan loyixalari:
«MV-KX-A-KX-2018-140» amaliy loyihasi kichik ilmiy xodim.
«FZ-20191(2275+3015)» amaliy loyihasi kichik ilmiy xodim
«MRB-2021-544» amaliy loyihasi kichik ilmiy xodim
«A-FA-2021-539» amaliy loyihasi kichik ilmiy xodim.
Malaka oshirgan chet davlatlar:
2019 yil Rossiya Federatsiyasi, Maskva shahri.
2020 yil Turkiya davlati
2022 yil Rossiya Federatsiyasi Sankt- Peterburg shahri
2022 yil Belorussiya davlati
Ilmiy maqolalari:
30 ta ilmiy ishlari nashrdan chiqqan, 5 tasi respublika va 4 tasi xorijiy (AQSh) ilmiy jurnallarda va 3 tasi scopus bazasidagi nufuzli jurnalda, 1 mnografiya nashr qilingan. h-indeks - 1