Donli ekinlar genetikasii labaratoriyasi

Donli ekinlar genetikasii labaratoriyasi

DONLI EKINLAR GENETIKASI LABORATORIYASI

Laboratoriya mudiri: Qulmamatova Dilafruz Erkinovna biologiya fanlari doktori, Tel: +99899 908 90 02

Email: dilafruz10.10@mail.ru

Yetakchi ilmiy hodimi: Usmanov Rustam Maxmudovich biologiya fanlari doktori, professor, Tel: +99891 1363886

Email: usmanov_rustam51@mail.ru

 

Yetakchi ilmiy hodimi: Baboyev Saidmurot Kimsanboyevich biologiya fanlari doktori, professor, Tel: +99897 7546546

Email: sai-baboev@yandex.ru

 

Katta ilmiy hodim: Baboyeva Sevara Saidmuratovna biologiya fanlari nomzodi, PhD, Tel: +99899 0067347

Email: sbaboyeva@gmail.com

 

Katta ilmiy hodim: Adilova Shoxista Shuxrat qizi biologiya fanlari nomzodi, PhD, Tel: +99890 9549088

Email: shokhi.adilova@mail.ru

 

 

Katta ilmiy hodim: Matkarimov Farrux Ilxomovich biologiya fanlari nomzodi, PhD, Tel: +99894 6038287

Email: farrux_matkarimov@mail.ru

 

Katta ilmiy hodim: Xolliyev Oybek Egamberdi o‘g‘li biologiya fanlari nomzodi, PhD, Tel: +99833 3659191

Email: xolliyevoybek91@gmail.com

 

Laboratoriyaning maqsadi.

Bug‘doy va no‘xatning mahalliy va kolleksion namunalarida stress omillarga chidamliligi bo‘yicha fenotiplash, DNK markerlari yordamida genotipik baholash, stress omillarga bardoshli navlarni yaratishda kompleks yondashuv metodologiyasini ishlab chiqish. Don tarkibidagi inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan umumiy oqsil miqdori va ozuqa elementlari tarkibini aniqlash, o‘simliklarda fenotipik belgilarning yuzaga chiqishida genotip va muhitning ta’sirini aniqlash;

Laboratoriyaning asosiy yo‘nalishlari:

ü Bug‘doyda antosian rangining irsiylanishi gibridologik tahlil qilish, don rangi turlicha bo‘lgan genotiplardagi antioksidantlar miqdorini aniqlash, antioksidantlarning turli stress omillariga bardoshliligini ta’minlashdagi hissasi bo‘yicha polimorfizmini aniqlash;

ü Bug‘doy stress omillarga chidamli tizmalar olishda gaploidiya usulini joriy etish, F1 duragaylar changidan qurg‘oqchilik stressiga bardoshli bo‘lgan gaploid o‘simliklar olish;

ü MAC seleksiyasi uchun qurg‘oqchilikka chidamli SSr markerini aniqlash, har bir stress omillari bo‘yicha Markerlarga asoslangan seleksiya (MAC) dasturini ishlab chiqarish;

ü No‘xatning stress omillarga chidamliligining molekulyar-genetik va fiziologik baholah.

3. Laboratoriyalarning vazifalari:

ü Antosian rangining irsiylanishi va turli stress omillarga bardoshliligini ta’minlashdagi ishtiroki aniqlanadi;

ü Antosianga boy namunalar ajratib olinadi, antosian rang bilan hosildorlik elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik anliqlanadi;

ü Bug‘doy changidan olingan gaploid hujayralardan in vitro sharoitida (kallusogenez va embriogenez orqali) o‘simlik nihollari olinadi;

ü In vitro laboratoriyasi tashkil qilinadi va yo‘lga qo‘yiladi;

ü Molekulyar skrining qilish orqali bardoshli va hosildor genotiplar ajratyib olinadi;

ü Har bir stress omillari bo‘yicha Markerlarga asoslangan seleksiya (MAC) dasturlariga tadbiq qilinadi;

ü No‘xat nav va namunalarni PEG yordamida qurg‘oqchilikka chidamliligini, sovuqga chidamlilikni sun’iy sovutish yo‘li bilan skrining qilinadi;

ü No‘xatning stressga chidamliligini molekulyar markerlar yordamida baholanadi;

ü Stress sharoitda don tarkibidagi oqsil va kraxmal miqdorining bir biriga bog‘liq holda o‘zgarishi aniqlanib, genotiplarning morfo-fiziologik, biokimyoviy hamda qimmatli xo‘jalik belgilari bilan birgalikda kompleks tahlil qilinadi.

Laboratoriyada 2 ta professor, 1 ta Fan doktori, 4 ta biologiya fanlari nomzodi, 1ta doktorant, 9 tayanch doktorant ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadi.

 

4. Erishilgan ilmiy natijalari:

ü Xalqaro kolleksiyasidan olingan stressga chidamli bug‘doy navlari sun’iy qurg‘oqchilik sharoitida yuqori hosilli bo‘lib, o‘rtacha 1m2 da 600 g/m2 gacha don bergan bo‘lsa, 45 ta namunadan 14 tasida o‘rtachadan yuqori don hosil berishi, bir vaqtning o‘zida donlari yirik bo‘lib, 1000 don og‘irligi 42 gramm, 11 ta namunada umumiy oqsil miqdori 13-17% ni tashkil don sifat ko‘rsatkichlari ham yuqori ekanligi aniqlandi. HZWYT rux mikroelementiga boy bo‘lgan namunalar o‘rtacha 642 g/m2 don hosili berib, donning yirikligi (1000 ta don 50 g.) va yuqori sifatliligi (xo‘l kleykovina 33,3%, umumiy oqsil 14,4%), temir (Fe) mikroelementi o‘rtacha 54,7 mg/kg bo‘lsada, tarkibida 80-90 mg/kg miqdorida temirga boy namunalarning borligi kuzatildi.

ü Dala sharoitida optimal va qurg‘oqchilik maydonlarida rayonlashgan, qadimiy-mahalliy navlar, F2 duragaylar, hamda HZWYT, /IWWYT – SA, 13SATYNDRGT, ESWYT kabi ko‘chatzorlardan tanlab olingan stressga bardoshli genotiplari ekilgan. Kuzgi va bahorgi no‘xat navlaridan qurg‘oqchilik va optimal dala maydonlarida ekilgan.

ü Xgwm493 allelining sho‘rlanishga va WMS261 allelining poya o‘sishini saqlash orqali qurg‘oqchilikka chidamlilikni aniqlashdagi yuqori samaradorigi tasdiqlandi va chidamli Graf va sezgir FAW-SA-D-85 genotiplarida sekvenirlangan DREB1b genida nukleotid darajasida (SNP) o‘zgarishlar (C \ G) aniqlandi.

ü No‘xat navlari urug‘larning sho‘rga chidamliligini laboratoriya sharoitida Na2SO4 (0,5%, 1%, 1,5%) turli konsentratsiyali eritmalarida o‘rganilganda 4- ta mahalliy 11 ta –xorijiy namunalar urug‘ unuvchanligiga bog‘liq holda, unish kuchi indeksi yuqori bo‘lgan sho‘rlanishga nisbatan bardoshli namunalar tanlab olindi. SSR markerlarning PIC qiymati 0,21 dan 0,63 gacha, genetik xilma xillikning 0.23 dan 0.69 gacha bo‘lishi no‘xatning sho‘rga chidamlilik belgilarini genotipik ahamiyatli ekanligini ifodalaydi. No‘xat populyatsiyalari ichida va orasidagi genetik xilma-xillik darajasi populyatsiyalarda noyob allellarning uchrash chastotasi mos ravishda 45-46 ta bo‘lsada, genotipga bog‘liq holda 2-populyatsiyada noyob allellarning 14,8% ga tengligi genotiplar orasida ahamiyatli genetik farqlanishi bilan namoyon bo‘ldi.

ü No‘xatning sovuqga chidamliligini laboratoriya (optimal +4C va stress -6C) va dala sharoitida (tabiiy bahorgi sovuq) sovuqga chidamli navlar baholandi. Shu bilan birga no‘xat nav va namunalarni PEG yordamida qurg‘oqchilikga chidamliligi baholandi.

ü Laboratoriyada yaratilgan Sharof100, Ilg‘or, Faravon, Qayroqtosh va Qayroqi navlarining birlamchi urug‘chiligi davom ettirilib, jami 11,6 gektar maydonga 2026 yil hosili uchun urug‘lik bug‘doy ekildi, 2025 yil hosilidan jami 26 tonna urug‘lik bug‘doy tayyorlanib, xo‘jalik shartnomasi asosida 12,5 tonna bug‘doy 78,5 mln so‘mga realizatsiya qilindi. Qurg‘oqchilikka chidamli, lalmi sharoitlarda ekishga moslashgan biologik bahorgi- yumshoq bug‘doyning SAVSAN navi yaratildi.

ü Markerlarga asoslanhgan seleksiya (MAS) dasturlari bo‘yicha Qayroqtosh va Sharof kombinatsiyasidan olingan 50 ta F2 genotiplarni Qurg‘oqchilik va hosildorlik belgilari bo’yicha eng yuqori polimorf praymerlar bo‘yicha MAS analiz o‘tkazildi. 15 ta antosian bug‘doy navlarda va 5- ta rayyonlashgan bug‘doy nav va namularda koleoptileyda va barg massasidan antosian pigmentlar miqdorini aniqlash metodikasi modifikatsiyalandi va antosian pigmentlari yuqori bo‘lgan bug‘doy navlari aniqlandi.

Oxirgi besh yilda (2021-2026 yy) laboratoriya olimlari rahbarligida 8 ta falsafa doktori PhD, 1 ta DcS himoya qilingan. Bundan tashqari 2 ta monografiya, 1 ta amaliy tavsiyanoma, 4 ta patent yumshoq bug’doy navlari, hususan, Qayroqtosh, Ilg‘or, Bardavom va Ezoz uchun olingan, no’xatning Darmon navi va yasmiqning Chillaki navi uchun patent olingan.

 

 

 

 

 

 

5. Laboratoriyada bajarilgan loyihalar:

ü Belarusiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikdagi “FL-7923061954 “Yumshoq bug‘doyda harorat stressiga javoban CBF/DERB transkripsiya omillarini kodlovchi genlar ekspressiyasini baholash” mavzusidagi fundamental loyiha

ü AL-8724052977 “Xitoy duragay bug‘doyni O‘zbekiston iqlim sharoitida qurg‘oqchilikka chidamliligining fiziologik va agronomik baholash” mavzusidagi O’zbekiston-Xitoy hamkorligi doirasida bajariladigan amaliy loyiha

ü Mahalliy ilmiy loyihalar - A-FA-104 “Raqamlashgan fenomika modellashtirish texnologiyalaridan foydalanib bug‘doyning biotik va abiotik omillarga chidamli navlarini yaratish” (2021-2023 yy) Innovatsion loyiha

ü IL-402104268 “Molekulyar genetik uslublar yordamida no‘xat va yasmiqning fuzariozga chidamli navlarini yaratish” (2021-2024 yy) Amaliy loyiha

Xalqaro hamkorlik:

  1. Xitoy xalq respublikasining Pekin qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik akademiyasi Duragay bug‘doy instituti bilan xamkorlik. Qo‘shma loyixa “Xitoy duragay bug‘doyni O‘zbekiston iqlim sharoitida qurg‘oqchilikka chidamliligining fiziologik va agronomik baholash” (2025-2027 yy)
  2. Belorussiya Milliy akademiyasi Genetika va sitologiya instituti bilan xamkorlik qo‘shma loyixa “Kuzgi bug‘doyda harorat stressiga javoban CBF/DREB transkripsiya omillarini kodlovchi genlar ekspressiyasini baholash”
  3. Qozog‘istonning Dexqonchilik va o‘simlikshunoslik ilmiy tadqiqot institkuti bilan xamkorlik.

 

Nufuzli xalqaro tashkilotlar yoki universitetlar bilan hamkorlik

CIMMYT va ICARDA xalqaro tashkilotlari bilan bug‘doy navlari seleksiyasini rivojlantirish bo‘yicha xamkorlik. Xamkorlik doirasida bug‘doyning Xalqaro kolleksiya materiallari O‘zbekiston sharoitida sinab ko‘rish va moslashgan tizmalardan tanlab yangi nav sifatida amaliyotga joriy etish. Ushbu xamkorlik Memorandum asosida amalga oshiriladi.

Hamkorlik natijadorligi

CIMMYT va ICARDA xalqaro tashkilotlari bilan xamkorlik natijasida yumshoq bug‘doyning suvni kam istemol qiluvchi va yuqori xaroratga chidamli bo‘lgan E’zoz va Ilg‘or navlari yaratilgan va Davlat reyestriga kiritilgan. 2024-2025 vegetatsiya yilida yumshoq bug‘doyning sug‘oriladigan va lalmi sharoitlariga moslashgan 6 ta ko‘chatzoridan 220 ta namuna uch qaytariliqda sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan sharoitda ekilib sinab ko‘rildi va qurg‘oqchilik stressiga chidamli yuqori xosilli namunalar tanlab olindi va seleksiya jarayoniga jalb qilindi. ICARDA xalqaro tashkiloti halqaro ko‘chatzorlaridan analitik seleksiya yo‘li bilan kuzgi no‘xatning Darmon, yasmiqning Chillaki navlari yaratilgan va 2025 yili Davlat reyestriga kiritilgan.

Katta ilmiy xodim Matkarimov F.I. Xitoy Shandon viloyati Qingdao Qishloq xo‘jaligi universitetida ilmiy stajirovka o‘tab qaytdi. Stajirovka davomida yuqorida zamonaviy biotexnologiya usullar o‘rganildi va mustaxkamlandi.

 

Laboratoriya olimlari tomonidan oxirgi 5 yillikda chop etilgan maqolalar:

Xorijiy maqolalar

  1. Baboev S., Muminjanov H. Turakulov Kh. end et.al. Diversity and sustainability of wheat landraces grown in Uzbekistan // Agronomy for Sustainable Development (2021) 41:34 https://doi.org/10.1007/s13593-021-00691-2
  2. Bakhodirov U., Baboev S., Meliev S., Matkarimov F. Determination of genetic polymorphism of Dn genes in wheat cultivars resistant to russian wheat aphid (Diuraphis noxia) // Plant Cell Biotechnology and Molecular Biology 22(3&4):127-133; 2021;
  3. Adilova Sh.Sh., Kulmamatova D.E., Babaev S.K., Alloberganova Z.B., Hodzhaniyozova B.H., Allanazarov S.B. Quantity of pigments in leaves of old local wheat varieties of Uzbekistan under irrigated conditions // Annals of R.S.C.B., ISSN:1583-6258, Vol. 25, Issue 3, 2021, P.- 3249-3253 Received 16 February 2021;
  4. I. Mamatkulov, N. Umirov and S. Baboeva / An assesment of early maturity of winter wheat germplasm material of iwwyt-ir in the semi-dry conditions of Uzbekistan // Plant Cell Biotechnology and Molecular Biology 22(5&6):94-99; 2021 ISSN: 0972-2025
  5. D.E. Qulmamatova1, S.K. Baboev1* and A.K. Buronov2 Genetic variability and inheritance pattern of yield componentsthrough diallel analysis in spring wheat // SABRAO Journal of Breeding and Genetics 54 (1) 21-29, 2022 http://doi.org/10.54910/sabrao2022.54.1.3 http://sabraojournal.org/ pISSN 1029-7073; ISSN2224-8978
  6. Bakhadırov U.Sh., Turaev O.S., Erjıgıtov D.Sh., Dolımov A.A., Tursunmurodova B.T., Fayzullaev A.Z., Matkarımov F.I., Qulmamatova D.E., Baboev S.K., Zıyaev Z.M., Kushanov F.N. Determınıng aphıd resıstance genes ın bread wheat (Trıtıcum aestıvum L.) cultivars using DNA markers 2024. SABRAO Journal of Breeding and Genetics 56 (2) 582-590, 2024 http://doi.org/10.54910/sabrao2024.56.2.11 http://sabraojournal.org/ pISSN 1029-7073; eISSN 2224-8978.
  7. Matkarimov, F., Kholliyev, O., Fayzullaev, A., Raulova, O., Kulmamatova, D., & Baboev, S. (2024). Influence of microbial fertilizers on morphological, physiological and valuable economic character of chickpea (Cicer arietinum L.). The American Journal of Agriculture and Biomedical Engineering, 6(10), 32-42.
  8. Zevar Tolibova , Dilafruz Qulmamatova et.al. Assessment of Salt Tolerance, Phenotypic Traits and SSR marker-Based Genetic diversity in Local and International Chickpea (Cicer arietinum L.) Accessions. Journal of Plant Interactions. ISSN: 1742-9145 (Print) 1742-9153 (Online) Journal homepage: www.tandfonline.com/journals/tjpi20. 2025. https://doi.org/10.1080/17429145.2025.2589534 (Q1).
  9. Ismoilova G.M., Baboyeva S.S., Qulmamatova D.E., Usmanov R.M., Buzurukov S.S., Baboev S. K. Seed Identification of Commercial Wheat Varieties by Gliadin Proteins// Advances in Bioresearch Adv. Biores., Vol 16 (3) May 2025: 05-09. http://www.soeagra.com/abr.html. (Q4).
  10. Tolibova Z., Adilova Sh., Matkarimov F, Kholliyev O., Ikromova U., Sobirov F., Baboev S., Alloberganova Z. and Qulmamatova D. Evaluation of salt tolerance in local varieties and foreign collection samples of chickpea (Cicer arietinum L.) // Journaal of wildlife and biodeiversity Volume 9(2) -380-387 (2025). http://www.wildlife-biodiversity.com (Q4).
  11. Oybek Kholliyev, Farrukh Matkarimov, Sevara Baboeva, Sultonova Dilfuza, Saidmurat Baboev, Dilafruz Qulmamatova. Influence of morphological and physiological characteristics of Lentil (Lens culinaris medik) samples on yield components and correlation analyses of some characteristics//The American journal of Agriculture and biomedical engineering (ISSN-2689-1018) Volume 06 issue 10. P22-31 doi.org/10.37547/tajabe/Volume06Issue10-05
  12. Ikromova U, Usmanov R, Juraeva O, Kamalova Z, Abdrashitova E, Babakhanova D (2026). CHICKPEA (CICER ARIETINUM L.) RESPONSE TO SALINITY CONDITIONS THROUGH BIOCHEMICAL Composition. SABRAO J. Breed. Genet. 58 (3) 1194-1203. http://doi.org/10.54910/sabrao2026.58.3.23.(Q2).
  13. Baboeva S., Matkarimov F., Khamraev N.,.Doschanov J, Alloberganova Z., Usmanov R. (2026) PRODUCTIVITY INDICES OF BREAD WHEAT (TRITICUM AESTIVUM L.) GENOTYPES UNDER DIVERSE ENVIRONMENTAL CONDITIONS OF UZBEKISTAN Composition. SABRAO J. Breed. Genet. 58 (4) 1716-1726

http://doi.org/10.54910/sabrao2026.58.4.23.(Q2).

  1. Elmurodov A., Kholliyev O., Qulmamatova D., Ziyaev Z. Correlation and Regression Analysis of The Impact of Yellow Rust (Puccinia Striiformis F. Sp. Tritici) On Grain Quality Traits in Wheat Genotypes // The American Journal of Agriculture and Biomedical Engineering. ISSN 2689-1018 Volume 08 – 2026. p-14-20.

Mahalliy maqolalar:

  1. Bahodirov U.SH., Baboev S.K., Meliev S.K./ Буғдой зараркунандаси (TOXOPTEPA GRAMINUM) шираларининг дон ҳосилдорлигига таъсири// academic research in educational sciences. Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-918-925
  2. Кулмаматова Д.Э., Бабоев С.К, Маткаримов Ф.И., ва б. Ясмиқнинг майда уруғли халкаро элита кўчатзори ўсимликларида ҳосилдорлик белгилари таҳлили // Academic research in educational sciences Volume 2 | Issue 2 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 -Б. 843-851.
  3. Буранов А.К., С.К.Бабоев, Холлиев, О. Э., Алимова, М. Б. Ўзбекистондаги қадимий маҳаллий буғдой навларини глиадин оқсиллари полиморфизми // Academic research in educational sciences, 2021. 2(2), 670-680. Https://doi.org/10.24411/2181-1385-2021-00250
  4. Маткаримов Ф. ва б. Микробиологик препаратларнинг нўхат ўсимлиги (Cicer arietinum L.) маҳсулдорлигига таъсири // Хоразм Маъмун академияси Ахборотномаси 2021-1, 55-58 бетлар.
  5. Маткаримов Ф., Бабоев С.К. Микробиологик препаратларнинг мош (Vigna Radiate L.) ўсимлиги маҳсулдорлигига таъсири // Хоразм Маъмун академияси Ахборотномаси 2021-1, 55-58 бетлар.
  6. Нургалиев Х., Маткаримов Ф., Холлиев О.Э., Бабоев С.К. Кузги нўхат намуналарида ҳосилдорлик белгиларининг корреляцион боғликлиги // Academic Research In Educational Sciences, ISSN: 2181-1385, Vol. 2, Issue 9, 2021 P. - 556-560
  7. Қулмаматова Д.., Тоҳирбоева Д.., Холлиев О., Нургалиев Х., Бузуруков С. Нўхатнинг коллекцион намуналарида ҳосилдорлик элементларининг кластер таҳлили // Хоразм Маъмун академияси Ахборотномаси 2021-11.
  8. Қулмаматова Д.Э., Бабоев С.К., Холлиев О.Э., Тохирбоева Д.У. Ясмиқнинг коллекцион намуналарда ҳосилдорлик белгиларнинг ўзаро боғлиқлиги. Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomаsi –8/1-2022. 69-72 b.
  9. Маткаримов Ф.И., Бабоев С.К. Нўхат ўсимлигининг уруғ унувчанлигига ва ўсиш динамикасига микробиологик ўғитларнинг таъсири // Academic Research in Educational Sciences. 2022. V. 3(11).- P.237-240.
  10. Бахадиров Умид, Тўраев О, Бабоев С ва бошқалар. Юмшоқ буғдой (T.Aestivum L) нинг махаллий навларида ширага чидамлилик генларини ДНК маркерлари ёрдамида аниқлаш // Results of National Scientific Research 2022 SJIF-4.431, Volume 1, Issue 6, P-641-651.
  11. Мелиев С.К., Бабоев С.К., Долимов А.А., Бузуруков С.С. Юмшоқ буғдой коллекцион намуналарида барг сатҳининг ҳосилдорлик компанентларига таъсири // Academic research in educational sciences Volume 3 | Issue 5| 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF5,7) 2022: -Б. 63-67
  12. Ismatova D.U., Ismoilova G.М. Yumshoq bug’doy navlarida unuvchanlik, barg dinamikasi va fiziologik xususiyatlarini aniqlash// Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 3 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | 2022/3/713-719.
  13. Ismoilova G.M., Qulmamatova D.E., Abdusamatov U.A., Baboev S.K. Identification of common wheat genotypes by gliadin seed storage proteins/ Paxtachilik va donchilik 2023 №1 (10) ISSN 2181-1903 page 61-65.
  14. Adilova Sh.Sh., Baboyev S.K. Qurg‘oqchilik sharoitida kuzgi bug‘doy navlarining hosildorlik belgilarning o‘zaro bog‘liqligi // Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi 3-1/2023 141-145 betlar.
  15. Elmurodov A.B. Xakimov A., Ziyayev Z. Sintetik geksaploid bug‘doy genotiplarining boshlang‘ich manba sifatidagi ahamiyati // Academic Research in Education Sciences. Volume 4, 2023. 307-311 bet 5 bet .
  16. Қулмаматова Д.Э., Бабоев С.К., Адилова Ш.Ш., Толипова З.Х., Бузуруков С.С., Расулова О.О. Нўхатнинг кузги намуналарида миқдорий белгиларнинг регрессион таҳлили. Доклады Академии наук Республики Узбекистан (ДАН). 2023 й. №4. Б-95-100.
  17. Маткаримов Ф.И., Бабоев C.К., Досчанов Ж.С. Мош ўсимлигининг уруғ унувчанлиги ва уруғ униш кучи индексига микробиологик ўғитларнинг таъсири // Хоразм Маъмун академияси ахборотномаси , 2023, [10/1]. Б-143-146.
  18. Қулмаматова Д.Э, Маткаримов Ф.И., Бабоев С.К. Kuzgi no‘xat va bug‘doy namunalarida spad ko‘rsatkichining hosildorlik bilan bog‘liqligi // ЎзМУ хабарлари, 2024, [3/1/1], - Б. 98-100. ISSN 2181-7324.
  19. Қулмаматова Д.Э., Бабоев С.К., Глобал иқлим ўзгаришининг буғдой нав намуналарининг вегетация даври давомийлигига таъсири // Oziq-ovqat xavfsizligi: milliy va global muammolar. Ilmiy jurmali #2024/3. Samarqand-2024.-Б. 53-57.
  20. Elmurodov A.B., Xakimov A.E.. “Sintetik geksaploid bugʻdoy namunalari don sifat koʻrsatkichlarining korrelyatsiya bogʻlanishiAgro ilm jurnali №3[100].2024– Toshkent, 2024. 15-16 bet.
  21. Matkarimov F.I., Xakimov A.E., Rasulov O.O., Tuxtayev D.D., Qulmamatova D.E., Baboyev S.K. “Mikrobiologik o’g’itlarning mosh (Vigna Radiate L.) o’simligidagi fotosintetik pigmentlar miqdoriga ta’siri” /Oziq-ovqat xavfsizligi: milliy va global muammolar. Ilmiy jurmali #2024/2. Samarqand-2024. 60-64 betlar
  22. Tolibova Z.H., Qulmamatova D.E. Tabiiy sho‘rlangan shariotda no‘xat (Cicer arietinum L.) namunalarining hosildorlik ko‘rsatkichlari tahlili // ЎзРФА маърузалари 2/2024. Toshkent. 91-96 betlar.
  23. Усманов Р.М., Бузуруков С.C., Исмоилова Г.М. Характеристика некоторых мутантных форм пшеницы // Узб. биол журнал, 2024, №5, стр.
  24. Baboyeva S.S. Lalmi hududlarda ekishga moslashgan kuzgi bug’doy genotiplarining hosildorligi: 26-IWWYT-SA/ O’zbekiston Agrar fani xabarnomasi/ 5 (23)2025 67-71 betlar. ISSN: 2181-7774.
  25. Qulmamatova D. Kuzgi no‘xat va bug‘doy namunalarida SPAD ko‘rsatkichining hosildorlik bilan bog‘liqligi. O‘zMU xabarlari, 2025, [3/1/1] ISSN 2181-7324. 58-61 betlar.
  26. Адилова Ш.Ш. Қулмаматова Д.Е. Бабоев С.К. Сув танқислиги шароитида 25thFAWWON-SA кўчатзори навларининг Ўзбекистон шароитида ҳосилдорлик кўрсаткичлари таҳлили. ЎзРФА маърузалари 2/2025 йил.65-71 бетлар.
  27. Маткаримов Ф.И., Холлиев О.Э., Қулмаматова Д.Е. Бабоев С.К. Кузги ва баҳорги муддатларда экилган нўхат ўсимлигида физиологик кўрсаткичларнинг қиёсий таҳлили. ЎзРФА маърузалари 2/2025 йил. 71-76 бетлар.
  28. Tolibova Z.H., Qulmamatova D.E. No‘xatning (Cicer arietinum L.) mahalliy va jahon kolleksiyasi namunalarida sho’rga chidamlilikni molekulyar markerlar yordamida genotiplash// Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi –1/1-2025 50-54-b.
  29. Baboyeva S.S. 26-IWWYT-SA ko’chatzordagi kuzgi bug’doylarning hosildorlik indekslari/ Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomasi / 2025-11.
  30. Mamatova M.A., Baboyeva S.S. Yumshoq bug‘doyda biofortifikasiyaning qo‘llanilishi: temir va rux misolida / Paxtachilik va donchilik 2025 №2 (19) 117-122 betlar.
  31. Mamatova M.A., Baboyeva S.S., Baboyev S.K. Bug‘doyning 14hzwyt genotiplarida mikroelelmentlar miqdori// O‘zbekiston Agrar fani xabarnomasi/ 6 (24)2025 221-224 betlar. ISSN: 2181-7774
  32. Xolliyev O.E., Matkarimov F.I., Baboyeva S.S., Qulmamatova D.E., Baboyev S.K. Yumshoq bugʼdoy navlarining qurgʼoqchilikka chidamliligini baholash// Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi –9/1-2025 117-119-b.
  33. Бабоева С.С., Усманов Р.М. Определение оптимальной стадии развития колосков пшеницы для введения в культуру гаплоидов//Узбекский биологический журнал 2026 №2 53-58 стр
  34. Matkarimov F.I., Xolliyev O.E., Baboyeva S.S., Qulmamatova D.E., Baboyev S.K. Qurg‘oqchilik sharoitida yumshoq bug‘doy (Triticum aestivum L.) navlarida suv almashinuvining fiziologik xususiyatlari // Xorazm Ma’mun akademiyasi. 2026-6/1.126-130 bet.
  35. Matkarimov Mikrobiologik o‘gitlarning mosh (Vigna radiate L.) o‘simligidagi hosildorlik belgilarga ta’siri // Oziq-ovqat xavfsizligi:Milliy va Global muammolar, 2026:1, 4-8 betlar.
  36. Adilova Sh.Sh. Qadimgi maxalliy bug‘doy navlarining qurg‘oqchilik sharoitida hosildorlik ko‘rsatkichlari tahlili// Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomаsi –2/1-2026.
  37. Mamatova M.A., Baboyev S.K. Bug’doyning 14th hzwyt ko’chatzori namunalarida xosildorlik va sifat ko’rsatkichlari // Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomаsi –2/1-2026.

38 Qulmamatova D.E., Tolibova Z.H., Xoshimjonova M.N. Iqlim o‘zgarishi sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doy (Triticum aestivum L.) nav namunalarida vegetatsiya davrining o‘zgaruvchanligi // Xorazm Ma’mun akademiyasi. 2026-6/2.126-130 bet.183-186 bet.

 

Seleksiya yutuqlari

  1. Бабоев С.К., Қурбанбоев И.Д. ва бошқалар. Юмшоқ буғдой «Пахлавон»// Ўсимлик навига патент, № NAP 20170004 Ташкент 08.11.2021.
  2. Қулмаматова Д.Э., Бабоев С.К. Кузги буғдойнинг – «Илғор» нави // йхатга олиш гувоҳномаси № 2021-705.
  3. Юмшоқ буғдойнинг “Бардавом” навига патент. № NAP 620, 06.02.2026 йил, Муаллифлар: Бахадиров У.Ш., Мелиев С.К., Қулмаматова Д.Э., Бабоева С.С., Бузуруков С.С.
  4. Нўхатнинг “Дармон” навига патент. № NAP 626, 16.02.2026 йил, Муаллифлар: Бабоев С.К., Маткаримов Ф.И., Холлиев О.Э., Нургалиев Х.И., Зияев З.М., Бузуруков С.С., Қулмаматова Д.Э.

Doktorantlar:

  1. Tolibova Zevar Hojiyevna Molekulyar markerlar yordamida no‘xatning (Cicer Arietinum l.) Mahalliy va jahon kolleksiyasi namunalarini sho‘rga chidamliligi bo‘yicha genotiplash” 03.00.09-Uumiy genetika, email: zevartolibova@gmail.com
  2. Ismoilova Gulyora Murot qiziO‘zbekistonda rayonlashgan bug‘doy navlarida gliadin oqsillari polimorfizmi va irsiylanishi 03.00.09-Uumiy genetika, email: sardorgulyora@gmail.com
  3. Do‘stmatova Gulbaxor Abdurashidovna O’zbekiston sharoitida yetishtirilayotgan bug’doy navlarinig reproduktiv salohiyatining polimorphizmi va irsiylanishi. ” DcS. 03.00.09-Uumiy genetika, email: baxora2111@gmail.com
  4. Mamatova Matluba Abduxalilovna “Farg‘ona viloyati sharoitida yetıshtırılayotgan bug‘doy don mahsulotlarini aholi populyatsıyasıda mıkroelmentlar yetıshmaslıgıga ta’sırı” 03.00.09 – umumiy genetika, email: matlubamamatova070@gmail.com
  5. Ikromova Umida Xamroqulovna “Dukkakli o'simliklarda sho'rxoklik sharoitida ikkilamchi metobolitlar va boshqa biomolekulalarning o'zgarishi” 03.00.07-o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi, email: ikromova.umida@inbox.ru
  6. Turkistonova Maftuna Tursunaliyevna Turli ekologo-genetik kelib chiqishga ega bo‘lgan bug‘doy navlarida zararli xasvaga chidamli genotiplarni aniqlash” 03.00.09 – umumiy genetika, email: turkistonovam@gmail.com
  7. Elmurodov Abbos Berdimurod o‘g‘li “Sintetik bug‘doy tizmalari va rayonlashgan navlar asosida sariq zangga chidamli hamda don sifati yuqori genotiplar olish” 03.00.09 – umumiy genetika, email:elmurodov.abb@yandex.ru
  8. Buzurukov Sanjar Saidazimovich “Yumshoq bug'doy donidagi antotsian rang belgisinig irsiylanshi va qimmatli xo'jalik belgilari bilan korrelyatsion bog'liqligi” 03.00.09 – umumiy genetika, email: sanjarbuzuruk@mail.ru
  9. Tajibayev G‘ulom AlisherovichQoraqolpog‘iston sharoitida yetishtirilayotgan yumshoq bug‘doyning don hosildorligini ekologik o‘zgaruvchanligi va genetik salohiyati” 03.00.09 – umumiy genetika, email: tajibayevgulomjon0095@gmail.com
  10. Kamalova Zulayho Shavkatjon qizi “Yumshoq bug’doy genotiplari fiziologik va biokimyoviy hususiyatlarining don sifat ko’rsatkichlari bilan korrelyativ bog’liqligini aniqlash” 03.00.07-o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi, email:
  11. Pardaboyev Sardor Zoirjon o‘g‘liKuzgi no‘xat (Cicer arietinum L.) namunalarining sovuqqa chidamliligini molekulyar-fiziologik tavsiflash” 03.00.07-o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi, email: sardorpardaboyev4@gmail.com

12. Ulfatova Sevara Husan qizi “Xitoy duragay bug‘doyining Respublika sharoitida moslashuvchanligini, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini baholash” 03.00.07-o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi, email: sevaraulfatova@gmail.com

 

 

5880