Texnik o'simliklar populyatsion genetikasi laboratoriyasi

Texnik o'simliklar populyatsion genetikasi laboratoriyasi

“Texnik o'simliklar populyatsion genetikasi”

laboratoriyasi

Laboratoriya mudiri – Ergashev Orif Raxmatullaevich, biologiya fanlari doktori. Tel: +998935034482, +99887004482. orifergashev1982@gmail.com

Etakchi ilmiy xodim – Rasulov Baxtiyor Abdug‘ofurovich, biologiya fanlari doktori, tel:+998935678164 E-mail: bakhtiyor_1980@mail.ru; brasulov@genetika.uz

Katta ilmiy xodim- Mutalova Mamura Karimjanovna, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), tel:+9989998532340 mutalova7679@mail.ru

Katta ilmiy xodim - Xotamov Mansurjon Mahmudovich, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD). Tel.: +998 97 410 92 80 E-mail: mkhotamov@yahoo.com

Katta ilmiy xodim - Kim Veronika Vladimirovna, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD). Tel. +998998824579.

E-mail: veronikakim383@gmail.com v.veronika_9@mail.ru

Katta ilmiy xodim - Hakimov Abdumurod Esirgap o‘g‘li, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD).

Tel.: +998973433643. E-mail: xakimovabdumurod148@gmail.com

Katta ilmiy xodim – Aliqulov Elyor Oydinovich, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD). Tel: +998971001333. aliqulovelyor291@gmail.com

Katta ilmiy xodim – Mutalov Abdusalom Abduazimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD). Tel: +998974408821. abduazimov70@gmail.com

Laboratoriya ilmiy tadqiqotlarining asosiy maqsadi – texnik ekinlar populyatsiyalarining genetik tuzilishi, xilma-xilligi va barqarorligini populyatsion genetika usullari asosida o‘rganish, yangi genotiplarni ajratib olish orqali selektsiya va urug‘chilik amaliyotiga tavsiya etishdan iborat.

Asosiy ilmiy yo‘nalishlar:

ü Texnik ekinlarning populyatsion genetikasi xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha zarur tashkiliy choralarni ko‘rish;

ü Texnik ekinlarning dastlabki selektsion manbalaridan ajratilgan rekombinant shakllarda xo‘jalik va sanoat uchun muhim belgilarning o‘zgaruvchanlik ko‘lamini o‘rganish.

ü Texnik ekinlar urug‘ining biokimyoviy ko‘rsatkichlarini baholash.

ü Texnik ekinlarning namunalarini biokimyoviy tahlil qilish asosida tarkibi farmatsevtika sanoati uchun eng maqbul hisoblangan genotiplarni tanlash.

ü Texnik ekinlarning namunalarini genetik tahlillar asosida tola sifati va chiqimi belgilari bo‘yicha tekstil sanoati uchun eng maqbul hisoblangan genotiplarni tanlash.

ü Texnik ekinlarning namunalarini biokimyoviy tarkibi bo‘yicha farmatsevtika sanoati uchun eng maqbul hisoblangan genotiplarni selektsiya ishlarida qo‘llash.

ü Texnik ekinlarning namunalarini genetik tahlillar asosida tola sifati va chiqimi belgilari bo‘yicha tekstil sanoati uchun eng maqbul hisoblangan genotiplarni selektsiya ishlarida qo‘llash.

ü Gibridologik va populyatsion tahlillar asosida ajratib olingan texnik ekinlarning yangi o‘simlik oilalarida qimmatli-xo‘jalik belgilari va biokimyoviy ko‘rsatkichlariga ko‘ra polimorfizm darajalarini aniqlash.

Olingan natijalar:

v Cannabis sativa L. turiga mansub Hanne navini mahalliy sharoitlarda tadqiq etish ishlari Navoiy viloyatiga xos bo‘lgan tuproq-iqlim sharoitlarida yuqori tola hosili olish maqsadida ekish oldidan 100 dona urug‘ vazni o‘rganilganida 0.16-0.18 g ekanligi aniqlandi. Xanne navida 10 dona urug‘dan iborat 100 ta namuna o‘lchanib, amalga oshirilgan statistik tahlillarga ko‘ra, belgi bo‘yicha variatsiya koeffitsientining pastligi Xanne navida urug‘ vaznining nisbatan kam o‘zgaruvchanligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar C. sativa genotiplarida urug‘ vaznining genotipik va ekologik omillar taʻsirida o‘zgarishiga oid adabiyot maʻlumotlari bilan taqqoslandi. Tadqiqot natijalari Xanne navining urug‘ vazni belgisini baholash va uning barqarorligini aniqlashda amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.

v 2026 yilda tajriba maydonida fenologik kuzatuvlar olib borilib, o‘simliklarning bosh poya balandligi ko‘rsatkichlari aniqlandi. 5 iyun holatida 100 ta o‘simlikning o‘rtacha bosh poya balandligi 48.05±0.99 sm, 20 iyul holatida esa 192.00±3.06 sm ni tashkil etdi. Kuzatuv davrida o‘rtacha balandlik 143.95 sm ga oshdi. Variatsiya koeffitsienti 13.73 % dan 10.56 % gacha kamaygani aniqlandi. Olingan natijalar Xanne navida vegetatsiyaning keyingi bosqichlarida bosh poya balandligi bo‘yicha nisbiy o‘zgaruvchanlikning pasayganini ko‘rsatdi.

v 100 ta o‘simlikda 5-iyun va 20-iyul kunlari olib borilgan kuzatuvlarda har bir bo‘g‘inga ikki dona barg bandi to‘g‘ri kelishi aniqlandi. Barg bandlarining o‘rtacha soni 5-iyundagi 12.28±0.23 donadan 20-iyulda 28.04±0.45 donagacha oshdi. Shu davrda standart og‘ish 1.53 dan 2.97 gacha ortgan, variatsiya koeffitsienti esa 12.47 % dan 10.58 % gacha kamaygan. Natijalar vegetatsiya davomida bo‘g‘inlar sonining ortishiga mos ravishda barg bandlari soni izchil va proporsional ravishda ko‘payishini ko‘rsatdi.

v Birinchi fenologik kuzatuv davrida o‘simliklardagi bo‘g‘inlar soni o‘rtacha 6.14±0.12 donani tashkil etgan bo‘lsa, ikkinchi tadqiqot kuniga kelib ushbu ko‘rsatkich 14.02±0.22 donani tashkil etdi. Kuzatuv davrida bo‘g‘inlar sonining o‘rtacha qiymati 7.88 donaga, yaʻni 128.34 % ga oshganligi aniqlandi. Shu bilan birga, variatsiya koeffitsienti 12.47 % dan 10.58 % gacha kamaygani maʻlum bo‘ldi. Olingan natijalar Xanne navida vegetatsiyaning keyingi bosqichlarida bo‘g‘inlar soni bo‘yicha nisbiy o‘zgaruvchanlikning pasayib, mazkur morfologik belgining nisbatan barqarorlashganini ko‘rsatdi.

v 2026-yilda olib borilgan tadqiqotlar natijasida texnik kannabisning yuqori tola hosili olish uchun ekilgan namunasida mahalliy sharoitdagi biologik, morfologik va agrotexnologik xususiyatlari bo‘yicha dastlabki ilmiy maʻlumotlar shakllantirildi, tadqiqot obʻekti bo‘yicha amaliy tajriba bazasi kengaytirildi hamda kelgusida populyatsiya tarkibining genetik o‘zgaruvchanligini chuqur o‘rganish va selektsiya uchun istiqbolli genotiplarni ajratishning ilmiy asoslarini yaratish ishlari davom ettirildi.

v Hozirda amaliy jihatdan ushbu o‘simlikning yangi navlarini yaratish bo‘yicha dastlabki ashyolarni tanlash ishlari olib borilmoqda.

v Laboratoriyada olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida o‘rta tolali g‘o‘zaning “O‘zFA-710”, “Osiyo”, “Kelajak-3” singari yuqori mahsuldor navlari yaratilgan.

v G‘o‘zaning “O‘zFA-710”, “Osiyo” va “Kelajak-3” navlari andoza navlariga nisbatan ertapishar va yuqori tola chiqimiga ega bo‘lib, shu bilan birga “Kelajak-3” navining asosiy xususiyati asosiy poyasining balandligi 75-85 sm bo‘lganida tabiiy o‘sishdan to‘xtaydi.

v G‘o‘zaning yangi yaratilgan “Oq marvarid” va “Mirzo” navlari boshqa navlardan hosildorligi va poyasining ixcham tuplanishiga ko‘ra, hosilini mashina terimiga mosligi bilan ajralib turadi.

v G‘o‘zaning mahalliy va xorijiy nav namunalarini duragaylash asosida belgilarning keyingi avlodlarda irsiylanishi va o‘zgaruvchanligini o‘rganish asosida rekombinant oilalar olish bo‘yicha izlanishlar davom ettirilmoqda.

v Amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida g‘o‘zaning “O‘zFA-710”, “Osiyo”, “Kelajak-3”, “Oq marvarid”, “Mirzo” singari navlarining muhim morfo-xo‘jalik belgilari bo‘yicha barqarorligi saqlanib, amaliyotga joriy etildi.

v G‘o‘zaning “Oq marvarid” va “Mirzo” navlariga patent olindi.

v O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti bilan manfaatdor tashkilotlar o‘rtasida texnik kannabisning yuqori tola hosili olish uchun ekish hamda parvarishlashdagi genetik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni birgalikda amalga oshirish ishlari keng yo‘lga qo‘yildi.

Laboratoriya Davlat dasturi: bazaviy moliyalashtirish dasturi doirasida 2026 yilda bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari mavzusi “Texnik ekinlarda morfo-xo‘jalik belgilari ko‘rsatkichlari bo‘yicha populyatsiya tarkibining genetik asoslarini tadqiq etish”.

Laboratoriya olimlari tomonidan oxirgi 5 yillikda chop etilgan maqolalar:

Xorijiy nashrlarda:

  1. I.G. Akhmedzhanov., M. M. Khotamov., F. K. Ganiev., E. E. Lyan Phytochrome – dependent regulation of melon resistance to fusarium wilt Mikologiya I Fitopatologiya, 2023. T 57. № 2 r. 113 – 122. Cite Score 2022. 0.8. DOI: 10.31857/S0026364823020034, EDN: NIBVWI.
  2. I.T. Kahharov, M.K. Mutalova, M.R. Kodirova, A.A. Azimov, Sh.K. Yusupova. Inheritance of morpholo-gical indicators of Cotton Bolls in geographically distant F1 hybrids. // Journal of Wildlife and Biodiversity. Volume 7 (Supplementary issue): Pages:173-183. 2023. https://doi.org/10.5281/zenodo.10023408
  3. A Yeginbay, Sh Aripova, A Abubakirova., M Mutalova, R Aitkulova, B Akhmadaliev, A Burabaev, A Narimanov. Biology of the medicinal plant Arum korolkowii Regel (Arum) // Plant Science Today. - 2024. - Vol. 11, No. 1. - P. 602-605. https://doi.org/10.14719/pst.3137
  4. I.G. Akhmedzhanov., M. M. KhotamovP. G. Merzlyak Comporativ study of the efficiency of inducers of cotton resistance to verticillium wilt Mikologiya I Fitopatologiya, 202T 58. № 1 r. 44 – 53. Cite Score 2023 0.8 DOI: EDN:
  5. Kim V.V., Khotamov M.M., Narimanov A.A. Morphological Features Of Industrial Hemp Cultivation In Soil And Climatic Conditions Of Syrdarya Region. Web of agriculture: Journal of agriculture and biological science. Volume 2, Issue 12, December - 2024 ISSN (E): 2938-3781.
  6. *M.M. Khatamov, V.V. Kim, G.S. Gaybullaev1, B.M. Eshonqulov1,J.B. Fayzimurodov1 and Balbir Singh2 Cultivation of a new culture of technical cannabis in Uzbekistan 2025 vol. 31 no.1 pp 39-48 https://doi.org/10.33451/florafauna.v 31 p 39-48.
  7. Kim V.V. Cultivation of technical hemp on saline soils with drip irrigation. Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences, 34, 4– Retrieved from (2024). https://zienjournals.com/index.php/tjabs/article/view/5743 dekabr 2024.
  8. Kim V.V., Khotamov M.M., Narimanov A.A. Morphological features of industrial hemp cultivation in soil and climatic conditions of Syrdarya region. Web Of Agriculture: Journal Of Agriculture And Biological Sciences, 2(12), p. 12–15. Retrieved From Https://Webofjournals.Com/Index.Php/8/Article/View/ 2397. December. (2024).
  9. Kim V.V., Khotamov M.M., Gaibullaev G.S. Technical Hemp As An Agricultural Crop In Uzbekistan. Journal of new century innovations, 72(1), 297-301. https://scientific-jl.com/new/article/view/4618 (2025). Mart.
  10. I.G. Akhmedzhanov., M. M. Khotamov A. K. Tonkikh.,P. G. Merzlyak Relationship between phytochrome photoactivity and the degree of auxin binding to the receptor in cotton genotypes differing in wilt tolerance Mikologiya I Fitopatologiya, 2025.T 59. № 1 r. 55 – 62 Cite Score 2024 0.8 DOI:10,31857/S0026364825010076, EDN:srkzwn.
  11. Mamura Mutalova et al. “Cytological and karyological analysis of interspecific cotton hybrids” PLANT SCIENCE TODAY, ISSN 2348-1900 Vol 12(2): 1-6, 2025. https://doi.org/10.14719/pst.5895
  12. M.K. Mutalova Biology And Significance Of Cannabis Sativa L. The American Journal of Agriculture and Biomedical Engineering, 2026. 8 (05), 11-14. https://doi.org/10.37547/tajabe/Volume08Issue05-03.
  13. O.R. Ergashev, I.T. Qahhorov, G.Ch. Kholliyev “Expression of Certain Agronomic Traits In The Medium-Fiber Cotton Variety “Kelajak-3”. // EJASB Eureka Journal of Agricultural Science & Bio-Innovation. 104-109 r. ISSN: 2760-4969. (Online) Volume 02, Issue 3, March, 2026. https://eurekaoa.com/index.phd/7
  14. M.K. Mutalova. “Biology And Significance Of Cannabis Sativa L.”. // The American Journal of Agriculture and Biomedical Engineering, 8(05), 11-14 r. https://doi.org/10.37547/tajabe/. Volume 08, Issue 05-03, 2026.
  15. Rasulov, B.A., Pattaeva, M.A. and Togayev, S.A., 2026. The First Report on Novel Exopolysaccharide Synthesis by Rhizobium Radiobacter and Practical Application. National Academy Science Letters, pp.1-3. https://doi.org/10.1007/s40009-026-02074-1
  16. Zhang, X., Pan, C., Rasulov, B.A. and Zhang, B., 2026. Regulation of the Thermal and Electrical Transport Properties of Large-Pore Borophene Nanoribbons Based on Molecular Surface Adsorption Engineering. Langmuir, 42(7),

pp.5547-5554. https://doi.org/10.1021/acs.langmuir.5c05600

Mahalliy nashrlarda:

  1. M.K. Mutalova, A.A. Narimanov, I.T. Qahhorov, Sh.K. Yusupova, M.R. Qodirova Qand lavlagi biologiyasi va nav namunalaridagi qand miqdori.// New innovations in national educationan (NINE). 8-son, 1-jild noyabr 2022. 1-qism, 46-49 b.
  2. Mutalova M.K., Kaxxarov I.T., Qodirova M., Yusupova Sh.K. G‘o‘zaning nav va tizmalarida o‘simliklarning o‘sish davrlari bo‘yicha poya balandligining rivojlanish dinamikasi. // JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS. Volume-49 16_Issue-4_November_2022. 49-52 b. http://www.newjournal.org/
  3. Mutalova M.K Kulibaev V.Q., ANALYSIS OF DUST GRAINS IN SUGAR BEET VARIETY SAMPLES//Xorazm Maʻmun akademiyasi axborotnomasi 7- son iyul oyi 2022.
  4. Mutalova M.K-(PhD), I.T.Kaxxarov, M.R.Qodirova, Ismailova D.M. // KOBALT-60 radioizotopi (60-so) asosidagi gamma nurlari manbaida nurlantirilgan g‘o‘zaning nav va duragaylarning chang donachalarining hayotchangligi tahlili (M1) Xorazm Maʻmun akademiyasi axborotnomasi. 7- son. 2022.
  5. Kaxxarov I.T., Mutalova M.K., Qodirova M.R. Gʼoʼzaning yuqori boʼgʼin duragaylarida bir koʼsak paxta ogʼirligi, umumiy hosildorlik, tola chiqimi va uzunligi belgilarining koʼrsatkichlari tahlili. // Maʻmun akademiyasi axborotnomasi 6/1-son. 2023 y. 127-130 b.
  6. Mutalova M.K., Ko‘liboev V.Q. Boshlang‘ich manba uchun tanlab olingan qand lavlagi o‘simligining barg va yashil massa ko‘rsatkichlari. // Maʻmun akademiyasi axborotnomasi. 6/1-son 2023. 198-201 b.
  7. Mutalova M.K. TSitologicheskie otsenki mejvidovыx gibridov sektsii Magnibracteolata tod. // Maʻmun akademiyasi axborotnomasi. 11/1-son. 2023. 134-137 b.
  8. M.M. Xotamov., I.A. Axmedjanov Issledovanie effektov induktorov razlichnoy prirodы na ustoychivost pshenitsы k zarajeniyu tverdoy golovney Oziq ovqat xavfsizligi: Milliy va glabal muammolar 2023. / 3 DOI: https://doi.org/ 10.59251/2181 – 3973.2023. v3. 133.2299
  9. M.M. Xotamov, I.A. Axmedjanov Regulyatsiya biosintez fitoaleksinov v infitsirovannыx viltom tkanyax xlopchatnika induktorami razlichnoy prirodы Sovremennaya biologiya i genetika (mejdunarodnыy nauchnыy jurnal) 2023. № 4 (6) r. 69 – 80.
  10. Mutalova M.K. Kulibaev V.Q., ANALYSIS OF DUST GRAINS IN SUGAR BEET VARIETY SAMPLES//Xorazm Maʻmun akademiyasi axborotnomasi. 7-son. 2024.
  11. Mutalova M.K., Kaxxarov I.T., Qodirova M.R., Ismailova D.M. // KOBALT-60 radioizotopi (60-so) asosidagi gamma nurlari manbaida nurlantirilgan g‘o‘zaning nav va duragaylarning chang donachalarining hayotchangligi tahlili (M1) Xorazm Maʻmun akademiyasi axborotnomasi. 7-son. 2024.
  12. M.M. Xotamov, I.A. Axmedjanov Issledovanie effektov reaktsii sverxchuvstvitelnosttkaney xlopchatnika, infitsirovannogo fitopatogenami razlichnoy prirodы Oziq ovqat xavfsizligi: Milliy va glabal muammolar 2024. / 1DOI: https://doi.org/ 10.59251/2181 – 3973.2023. v 3. 138.3.2662
  13. I.T. Kahharov, M.K. Mutalova, M.R. Kodirova, A.A. Azimov, Sh.K. Yusupova. Inheritance of morpholo-gical indicators of Cotton Bolls in geographically distant F1 hybrids. // Journal of Wildlife and Biodiversity. Volume 7 (Supplementary issue): Pages:173-183. 2023.
  14. M.K. Mutalova, D.M. Ismailova “Viability analysis of dust grains of cotton varieties and hybrids irradiated in gamma ray source basedon cobalt-60 radioisotope (60-SO). (M 1) Mejdunarodnыy nauchno-prakticheskiy jurnal «Ekonomika i sotsium» ISSN: 2225-1545; 2541-9285. Vыpusk № 06 (121). 2024 g.
  15. V.Q. Ko’liboyev “Morphobiological characteristics of sugar beet varieties and hybrids”Volume 28 Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development, June - 2024.
  16. M.M. Xotamov, I.A. Axmedjanov Regulyatornaya rol fitoxrom v ustoychivosti dыni k fuzarioznomu viltu Sovremennaya biologiya i genetika. (Mejdunarodnыy nauchnыy jurnal) 2024. № 1 (6) r. 52 – 69
  17. M.M. Xotamov, I.G. Axmedjanov Tonkix Vzaimosvyaz mejdu fotoaktivnostyu fitoxroma i stepenyu svyazыvaniya auksina s retseptorom v razlichnыx po viltoustoychivosti genotipax xlopchatnika Oziq ovqat xavfsizligi: Milliy va glabal muammolar. 2025 /2. s. 67-74.
  18. M.M. Xotamov, A.A. Narimanov, G.S. Gʼaybullaev, V.V. Kim, R.Q. Xasanov, J. Fayzimurodov Texnik kannabisi (Cannabis Sativa L.) oʼsimligi urug‘larining ekinboplik va biometrik ko’rsatkichlari. 2024-2/1 Xorazm Maʻmun akademiyasi axborotnomasi. 131-135 b.
  19. O.R. Ergashev. “O‘rta tolali g‘o‘zada bosh poya balandligi belgisi ko‘rsatkichlari bo‘yicha populyatsiya tarkibining tahlili”. // O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi, Toshkent, 2026, № 2 (26), 8-13 b.
  20. O.R. Ergashev, E.O. Aliqulov, A.E. Xakimov, M.K. Mutalova, V.V. Kim, A.A. Mutalov, M.M. Xotamov, M.Q. Jo‘raev “Yuqori tola hosili uchun O‘zbekiston sharoitida o‘stirilgan Cannabis sativa L. ning vegetatsiya davrida bo‘g‘in sonining o‘zgarishi dinamikasini aniqlash”. // O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi, Toshkent, 2026, № 8 (32), 31-35 b.

Patentlar:

  1. G‘o‘zaning “Oq marvarid” naviga patent NAP 627, 2026 yil.
  2. G‘o‘zaning “Mirzo” naviga patent NAP 669, 2026 yil.

Hamkorlik meʻmorandumi

  1. Texnik kannabisning mahalliy sharoitdagi nav va namunalarida morfo-xo‘jalik belgilarining namoyon bo‘lishini o‘rganish va istiqbolli genotiplarni ajratish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti bilan “UzKanna” MChJ klasteri o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. (18.05.2026, №S-1).

Doktorantlar:

 

Ismailova Dilafruz Maʻmur qizi. Tel: +998977219241. E-mail: dilya19922305@gmail.com

15/09/2026 51