Navro‘z – yangilanish va birlik bayrami!

Navro‘z – yangilanish va birlik bayrami!

Navro‘z – yangilanish va birlik bayrami! 

Bugun Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida umummilliy bayram — Navro‘z ayyomi keng va ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Tadbir davomida institut jamoasi bahorning kirib kelishi, tabiatning uyg‘onishi va yangilanish ramzi bo‘lgan ushbu qutlug‘ ayyomni katta shodiyonalar bilan qarshi oldi. Milliy urf-odatlarimiz aks etgan kuy-qo‘shiqlar va samimiy tilaklar bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Tadbirni institutimiz direktori q/x.f.d. prof A.A.Narimanov ochib berdi hamda tadbirda Ayupov Shavkat Abdullayevich — O‘zR FA prezidenti, hamda Sagdullayev Shamansur Shaxsaidovich — O‘zR FA vitse-prezidenti ishtirok etib, institut jamoasini ushbu qutlug‘ ayyom bilan samimiy tabrikladilar.

 Navro‘z — bu nafaqat bahor bayrami, balki mehr-oqibat, birdamlik va ezgulik timsolidir.

 Ushbu muborak kun munosabati bilan barchangizni Navro‘z ayyomi bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Yurtimizga tinchlik, baraka va ravnaq tilaymiz!

2026-04-01 36