Institutning rivojlanish tarixi
Tashkil topish tarixi. Genetika va o’simliklar eksperimental biologiyasi instituti O'zR FA Prezidiumining 4-23 sonli qarori bilan 13.02.1997 yilda tashkil topdi. Institut O'zR FA Genetika (O'zR Vazirlar Maxkamasining 21 iyul1992 yil 337-sonli qarori) va O'zR FA o'simliklar eksperimental biologiyasi (1948y) institutlarining birlashtirilishi natijasida tashkil topgan. Institut direktori A.A.Narimanov.
Rivojlanish bosqichlari.
Institut rivojlanish tarixida beshta yirik bosqichlarni o'z ichiga oladi. 1948 yildan 1957 yilgacha (birinchi bosqich) - bu bosqichda g'o'zani ilmiy o'rganishning yangi yirik yo'nalishlari o'simliklar fizilogiyasi va biokimyo yo'nalishlari jadal rivojlangan (V.S. Shardakov), g'o'zani ekologik va botanik tadqiqotlari(F.M.Mauer), beda, makkajo'xori va sorgo o'simliklari (V.L.Golodkovskiy),g'o'zani ertapisharligi muammolari (S.S.Sadkov), agrotexnika va agroekologiyasi yo'nalishlari (M.V.Muxamedjanov), g'o'za sistematikasi va introduktsiyasi ilmiy izlanishlar, turlararo va tur doirasidagi g'o'za anatomiyasi va embriologiyasi kabi yo'nalishlar chuqur o'rganildi va “G'o'za” monografiyasining birinchi tomi chop etilishi bilan bosqich yakunlandi. (F.M.Mauer, 1954y.)
Ikkinchi bosqich(1957-1963 yy.) G'o'zada genetika va o'simliklar fiziologiyasining o'zaro aloqadorligi, populyatsion genetika muammolari o'rganildi, Gossypium L. G'o'zagenofondi boyitildi, radiatsion biologiya, tsitoembriologiya, anatomiya va morfologiya, g'o'zani ertapisharligi ustidagi tadqiqotlar kengaydi va chuqur o'rganildi, suv rejimi fiziologiyasi va mineral oziqlantirish, lipid biokimyosi, fiziologik aktiv moddalar,o'sish va rivojlantirish regulyatorlari, ekologik muammolar chuqur o'rganildi.
Uchinchi bosqich (1964-1980 yy.) ikkinchi bosqichdagi bajarilgan tadqiqotlar yanada chuqqurroq o'rganiladi G'o'za, makkajo'xori va beda o'simliklarida shakllanish, tur ichi sistematikasi, morfogenez va genetik axborotning uzoq, tur doirasi va turlar aro chatishtirishda nasldan naslga o'tish muammolari chuqur o'rganildi. G'o'za genetikasi va selektsiyasida g'o'zaning vilt kasallligiga chidamli nav olish usuli ishlab chiqarildi va vilt kasalligiga chidamli navlar ishlab chiqarishga joriy qilindi. (S.M.Miraxmedov, A.A.Abdullaev). To'rtinchi bosqichda (1980-1992 yy.) g'o'za genetikasi soxasidagi tadqiqotlar rivojlandi, g'o'zani biokimyosi va fiziologiyasi, viltgachidamligigi, evolyutsion biokimyosi, mutagenez tadqiqotlari, paxta tolasining biologiyasi, ildizdan oziqlantirish, fiziologik tadqiqotlar kengaydi. suv rejimi, sho'rgachidamlilik, fotosintez, kimyoviy moddalarda ta'sir ettirib va yangi viltgachidamli navlarni yaratish, radiomutant olishning samarali usullarini yaratish, gidroponik sharoitida g'o'za hosilini oshirish imkoniyatlari, dehqonchilikning yangi sistemasi ishlab chiqildi va joriy qilindi. Beshinchi bosqich esa 1992 yildan boshlab, hozirgi vaqtgacha molekulyar genetika uslublaridan foydalangan holda tirik organizmlar xamda o'simliklarning genomini o'rganish jadal rivojlandi. G'o'za genomini o'rganish ustida chuqur tadqiqotlar olib borildi (sekvens analizlari va PTSR reaktsiyalari chidamlilikning fiziologik va biokimyoviy mexanizmlari (R.M.Usmanov), chuqur o'rganilmoqda. G'o'zaning yangi navlari klassik, MAS (markerlarga asoslangan selektsiya) va gen-nokaut usuli bilan yaratildi. (A.A.Abdukarimov va boshqalar).
Institutda uchta noyob kollektsiya yaratilgan va boyitilib borilayapti. – (G'o'zagenofondi akad. A.A.Abdullaev), G'o'zaning izogen va monosom translokatsion tizmalari, (akad. J.A.Musaev, M. Ulug'bek nomidagi Milliy universitet bilan birgalikda) va fitopatogen mikroorganizmlar to'plami (L.A.Gluxova) chuqur o'rganilmoqda. Xozirgi kunda g'o'za o'simligidan tashqari bug'doy (S.K.Baboev) va soya (M.F.Abzalov).o'simliklarida . fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. 2000-2011 yillarda g'o'za va bug'doy o'simliklarida chuqur molekulyar-genetik tadqiqotlar o'tkazildi (Sh.Yu.Yunusxanov, S.K.Baboev), hamda g'o'zada (MAS) markerlarga asoslangan selektsiya usuli jadal rivojlandi. (R.K.Shodmanov)..
Insitutga raxbarlik qilgan direktorlar
Muhamedjonov Mirza –Ali Valiyevich
O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi 1948-1950 yillar davomida institut direktori.
Ixtisosligi-agrobiologiya
Hayot yillari 1914- 2000yy.
|
Sodiqov Saodat Sоdiqovich
O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi 1950-1963 yillar davomida institut direktori.
Ixtisosligi-genetika
Hayot yillari 1910- 1997yy.
|
Yuldashev Sadriddin Xodjayevich
O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi 1966-1971 yillar davomida institut direktori.
Ixtisosligi-o'simliklar fiziologiyasi.
Hayot yillari 1917- 1992yy.
|
Abdullaev Abdumavlon Abdullayevich
O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi va Fan va texnologiyalar sohasi bo‘yicha birinchi darajali Davlat mukofoti laureati (2011) 1971-1982y, 1985-1989 yillar davomida institut direktori.
Ixtisosligi-genetika.
1930 yilda tug'ilgan.
|
Musaev Jo'ra Azimbaevich
O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi va Fan va texnologiyalar sohasi bo‘yicha birinchi darajali Davlat mukofoti laureati (2011)y. 1982-1984 yillar davomida institut direktori Ixtisosligi-genetika.
1928 yilda tug'ilgan.
|
Imamaliev Abduvali Imomalievich
V.I.Lenin nomidagi Butunittifoq qishloq xo'jalik akademiyasi akademigi 1990-1991 yillar davomida institut direktori Ixtisosligi-o'simliklar fiziologiyasi.
Hayot yillari 1931- 1993yy.
|
Jalilov Oston Jalilovich
O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi 1991-1997 yillar davomida institut direktori.
Ixtisosligi- selektsiya va urug'chilikning biologik asoslari.
Hayot yillari 1937- 2014yy.
|
Abdukarimov Abdusattar Abdukarimovich
O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi 1992-2010 yillar davomida institut direktori.
Ixtisosligi- molekulyar genetika.
1942 yilda tug'ilgan.
|
Usmanov Rustam Maxmudovich
2010-2014 yillar davomida institut direktori Ixtisosligi- o'simliklar fiziologiyasi va biokimyosi 1951 yilda tug'ilgan. Hozirda fundamental loyiha raxbari.
|
Abdullaev Alisher Abdumavlyanovich
02.05.2014 yil O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidentining 60-sonli buyrug'i asosida institut direktori etib tayinlandi. Ixtisosligi- molekulyar biologiya soxasi mutaxassisi. Biologiya fanlari nomzodi
|
Narimanov Аbdujalil Аbdusamatovich
03.08.2017 yildan institut direktori etib tayinlandi.
Ixtisosligi-g’oza seleksiyasi va urug’chiligi qishloq xoʼjalik fanlari doktori,professor