O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADYEMIYASI GENETIKA VA O‘SIMLIKLAR EKSPERIMENTAL BIOLOGIYASI INSTITUTI FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT.
Tashkil etilish yili – Genetika instituti VM ning 1992 yil 21 iyul №337-sonli qaroriga muvofiq tashkil topgan, O‘zR FA Hay’atining № 4-23-sonli qaroriga muvofiq 1997 yil 13 fevraldan O‘zR FA Genetika instituti va O‘simliklar eksperimental biologiyasi nistitutini birlashtirish yo‘li bilan O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti tashkil qilingan. Ilmiy-tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari: Irsiylanish va o‘zgaruvchanlikning genetik qonuniyatlarini hamda morfobiologik va qimmatli-xo‘jalik belgilari shakllanishi qonuniyatlarini aniqlash asosida xalqaro andozalarga javob beradigan sifatli mahsulotga ega, tezpishar, serhosil, muhitning biotik va abiotik omillariga chidamli navlarni yaratish. Qishloq xo‘jalik ekinlari dunyoviy kolleksiyasi genofondi xilma-xilligini, ularning mahalliy sharoitlarga moslashuvchanligini o‘rganish, muhitning biotik va abiotik omillariga chidamlilarini ajratish, ekinlar yetishtirishning resurs tejovchi agrotexnologiyalarini va biopreparatlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishdan iborat. Institutning “Genom texnologiyalari” bo‘limi asosida 2012 yilda “Genomika va bioinformatika” markazi tashkil etilgan.
Ilmiy salohiyat. Xodimlar soni- 197 ta, undan ilmiy xodimlar- 73 ta, fan doktorlari-14 ta, fan nomzodlari - 26 ta.
So‘ngi 5 yilda Institutda 10 fan doktori va 11 ta falsafa doktori ximoya qilgan, 523 ta ilmiy ishlar nashr etilgan, jumladan, 274 ta maqola (114 ta xorijiy) va 249 ta tezislar. 28 ta patent va 11 ta monografiya chop etilgan.
Bino va inshootlar. Institut yer maydonining umumiy maydoni – 18 000 kv.m., binolar maydoni- 9822 kv.m.; binolarning foydali maydoni– 7734 kv.m,
ASOSIY ILMIY YO‘NALISHLAR
· O‘zbekistonning milliy boyligi sanalgan, paxtachilik rivojlanishini istiqbolini belgilovchi, qimmatli xo‘jalik belgilarining tugalmas manbai bo‘lgan “G‘o‘za genofondi”ni o‘rganish, saqlash va boyitish, uning noyob namunalari asosida, xalq xo‘jaligini talablarini qondiruvchi va dunyo bozorida raqobatbardosh bo‘lgan navlar yaratish uchun yangi genetik asosli sintetik introgressiv shakllar, tizmalar yaratishdir.
· Irsiylanish va o‘zgaruvchanlikning genetik qonuniyatlarini hamda morfobiologik va qimmatli-xo‘jalik belgilari shakllanishi qonuniyatlarini aniqlash asosida xalqaro andozalarga javob beradigan sifatli mahsulotga ega, tezpishar,serhosil, muhitning biotik va abiotik omillariga chidamli navlarni yaratish.
· Genetik qonuniyatlarni va morfobiologik xususiyatlarni hamda ekish oldidan tayyorlash, ekish, parvarishlash, yig‘im-terim, qayta ishlash, dorilash va saqlash jarayonida urug‘larning hosildorlik va urug‘lik sifatini oshirish usullarini o‘rganish asosida g‘o‘za, donli va don-dukkakli ekinlarning genetik bir xil, original superelita va elita urug‘larini olishning mavjud metodlarini takomillashtirish va yangi samarali metodlarini ishlab chiqish.
· G‘o‘zaning qurg‘oqchilikka chidamliligi genetikasi, seleksiyasi, fiziologiyasi va biokimyosi – G.hirsutum L. va G.barbadense L. turining navlari, tizmalari, namunalari va duragaylarining moslashuvchanligi va suv tanqisligiga chidamliligini genetik va mofofiziologik qonuniyatlarini aniqlash, qurg‘oqchilikka chidamlilik seleksiyasining ilmiy asoslarini ishlab chiqish hamda qurg‘oqchilikka chidamli o‘rta va ingichka tolali g‘o‘za navlarini yaratish, suv tanqisligiga chidamli o‘rta va ingichka tolali g‘o‘za navlarini “genotip-muhit” o‘zaro ta’sirini aniqlash uchun tomchilatib sug‘orishda navlarning morfofiziologik xususiyatlarini aniqlash, tomchilatib sug‘orish agrotexnologiyalari uchun moslashtirilgan g‘o‘zaning ideotip modelini yaratish.
· Qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtirishning va ekishga urug‘ tayyorlashning iqtisodiy foydali va ekologik xavfsiz texnologiyalarini ishlab chiqish. Noan’anaviy (markerlarga asoslangan) seleksiya usullari asosida qishloq xo‘jalik ekinlarining qimmatli-xo‘jalik belgilarini saqlash va yaxshilash.
· Biologik faol biopolimerlar sintezlaydigan turli mikroorganizmlarni skrining va identifikatsiya qilish; ular asosida olingan biopolimerlar va nanobiokompozitlarning fizik-kimyoviy tavsifi; o‘simliklarda tuz stressini kamaytirish hamda tuproq unumdorligini oshirish maqsadida mikrobli biopolimerlar asosida biokolloid - biogellar yaratish. faol shtammlarning biopolimerlari asosida olingan nanokolloidlar yordamida o‘simliklar patogenlariga qarshi kurash usullarini ishlab chiqish.
· O‘simliklar kasallanishining fitopatologik va molekulyar tashhisini o‘tkazish va kasalliklarni davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish.
ILMIY NOYOB OBYEKTLAR, ASBOBLAR VA USKUNALAR
“G‘o‘za genofondi” kolleksiyasi. Institutda dunyoning turli davlatlaridan keltirilgan g‘o‘zaning 7500 namunadan iborat no’yob kolleksiyasi saqlanadi. Ushbu genofondda Gossypium L. turkumining madaniylashgan tetraploid (2n = 52) turlaridan 970 ta namuna, jumladan: G.hirsutum L. – 4903 ta namuna, G.barbadense L. –970 ta namuna hamda diploid (2n = 26) turlar G.herbaceum L. va G.arboreum L. – 1404 ta namuna mavjud. Kolleksiyada Gossypium L. Turkumining butun dunyoda mavjud bo‘lgan yovvoyi turlarning 50 tasidan 45 tasi hamda 500 ta sintetik duragaylar saqlanadi.
“Fitopatogen va boshqa mikroorganizm” lar kolleksiyasi. O‘zR FA Gva O‘EBIning 1993 yilning yanvaridan faoliyat ko‘rsatayotgan fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar kolleksiyasi O‘zbekistonda yagona bo‘lib, tirik organizmlarning noyob ixtisoslashtirilgan kolleksiyasi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Kolleksiya tirik mikroorganizmlarning 516 ta shtammlarini,asosan O‘zbekistonning asosiy qishloq xo‘jalik ekinlaridan ajratib olingan va 17 turga mansub bo‘lgan zambrug‘larini o‘z ichiga oladi.
Fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarlarning muhim natijalari
Qishki bug‘doy germplazmasida shiraga va sariq zang kasalligiga chidamlilik genlari/lokuslari aniqlandi.
Tez muddatda urug‘ darajasida ko‘plab belgilar yoki bitta genotipda ko‘plab belgilar bo‘yicha tanlov o‘tkazish imkonini beradigan, qishloq xo‘jalik ekinlari populyatsiyalaridan nishonlangan belgilar bo‘yicha adaptiv biotiplar (genotiplar) ni identifikatsiya qilishga asoslangan texnologiya yaratildi.
Suv tanqisligida g‘o‘zaning barcha o‘rganilgan navlari va tizmalarida barglardagi umumiy suv miqdori,transpiratsiya jadalligi turli darajada kamayishi,barglarning suv ushlash xususiyati esa turli darajada oshishi aniqlandi.
Xususiy xo‘jaliklarda ekilayotgan, nonboplik xususiyati yaxshi, yuqori nav tozaligiga ega hamda yo‘qolish darajasiga kelib qolgan,boshqa navlar aralashgan navlar aniqlandi. Bu navlarni tiklash bo‘yicha ishlar boshlandi. Bug‘doy ekinzorlarida sariq zang bilan kasallanish monitoring qilinib,uning irqlarini aniqlash ishlari olib borildi.
Yangi istiqbolli g‘o‘za navlari - Sadaf, Gulshan, Zangi-Ota-2, Manzur, Yuksaliщ, Davr, AN-521; bug‘doy navlari - E’zoz, Ilgor; soya navlari - Genetik-1, Sochilmas yaratildi va ishlab chiqarishga joriy qilindi. Soyaning botanik va genetik kolleksiyasini o‘rganish asosida Gen-4, Gen-8, Gen-14 va Gen-24 kabi istiqbolli tizmalari ajratib olindi. Genetik -seleksion tahlil natijasida g‘o‘zaning yangi O‘zFA-705, O‘zFA-707, O‘zFA-709, O‘zFA-710, O‘zFA-711, O‘zFA-713 i 108RF navlari oilalari populyatsiyalarining seleksion qimmatliligi aniqlandi..
- bug‘doy va soyaning qator navlari yaratildi. Ulardan 7 ta g‘o‘za navi,2 ta soya navi va 1 ta bug‘doy navi rayonlashtirilgan, 8 ta g‘o‘za navi va 1 ta bug‘doy navi istiqbolli sifatida Davlat reyestriga kiritilgan.
Respublikaning turli mintaqalari bo‘yicha bug‘doyning sariq zang patogeni irqlari identifikatsiya qilingan, hamda tog‘ va tog‘oldi tumanlari irqlari bug‘doy ekuvchi asosiy mintaqalar irqlari bilan solishtirilgan. Sariq zangga chidamlilikning samarali genlari aniqlangan va yumshoq bug‘doyning shu kasallikka chidamli navi yaratilgan.
Azot to‘plovchi rizobakteriyalar assotsiatsiyasi yordamida azot va fosfor o‘g‘itlari me’yorini kamaytirishga va qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini oshirishga imkon beradigan, Azotobacter (A. chrooccoccumN1, A. chroococcumT77) turkumiga mansub turli fiziologik faol moddalarni(auksinlar, gibberellinlar, vitaminlar, ekzopolisaxaridlar) va fuzarioz so‘lish va vilt qo‘zg‘atuvchisi (Fusariumoxysporumf.sp.vasinfectumvaVerticilliumdahleae) Bacillussubtilis T2011ning tabiiy antagonistini sintezlovchi rizobakteriyalarining azot to‘plovchi va assotsiativ shtammlarining biologik xususiyatlaridan foydalanishga asoslangan texnologiya ishlab chiqilgan.
2016-2017 yillarda AN 419, Kelajak, Sadaf, Armug‘on-2, Xamkor va Genofond-2 g‘o‘za navlariga 7 ta patent olingan. Kelajak g‘o‘za navi rayonlashtirilgan va 2016 yilda 5600 gektar maydonga ekilgan.
O‘zFA -705 va AN-130 g‘o‘za navlari istiqbolli navlar sifatida davlat reyestriga kiritilgan.
- tadqiqotlar bo‘yicha - innovatsion loyihalar doirasida g‘o‘zaning 12 ta navi, bug‘doyning 2 ta navi va soyaning 2 ta navi takomillashtirilgan va ishlab-chiqarishga joriy etilgan.
2023 ilning Oktyabr oyida, Institut va “Markaziy Osiyo Urug‘chilik kompaniyasi” MChJ o‘rtasida Soya ekinining institut tomonidan yaratilgan “Genetik-1” va “Sochilmas” navlari urug‘chiligini tijoratlashtirish masalasida litsenzion shartnoma tuzildi.
Institut qoshida yangi “Biazot-N” mikrobiologik preparatini tijoratlashtirish bo‘yicha “BIAZOT IGBR” MChJ tashkil qilindi Ustav fondi umumiy 398 mln. so‘m qilib belgilandi.