Institut faoliyati

Institut faoliyati

O‘zR FA "Genetika va O‘EB" institutining

hozirgi vaqtdagi saloxiyati va istiqboldagi rivoji to‘g‘risida

MA’LUMOT

1.Ilmiy muassasa haqida umumiy ma’lumot:

1.1. O‘zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.

1.2. 13.02.1997 yildagi O‘zR Fanlar akademiyasining № 4-23 sonli farmoyishi.

1.3. 111226, O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Yuqori-Yuz p/b, Tel: (+99871) 264-22-23, (+99871) 264-22-30, Faks: (+99871) 264-23-90, Ye-mail: igebr_anruz@mail.ru, Veb-sayt: www.genetika.uz

1.4.Direktor - Narimanov Abdujalil Abdusamatovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor, 2017y.

2. Ilmiy- tadqiqot faoliyati:

2.1. Maqsadlar

Ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash, Institut tadqiqotlarini rivojlantirish strategiyasini jahon fani rivojlanishi tendensiyalariga va mamlakat xalq xo‘jaligi uchun dolzarb bo‘lgan vazifalarga muvofiqligini ta’minlash, qishloq xo‘jalik ekinlari genetikasi, fiziologiyasi, biokimyosi, mikrobiologiyasi va seleksiyasi sohasida keng ko‘lamli fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalari asosida qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishining nazariy va amaliy zaminini barpo etish, yangi uslublarni ishlab chiqish, o‘simliklarning yangi navlarini yaratish va ishlab chiqarishga barqaror joriy etib borish.

2.2. Vazifalar –

· qishloq xg‘jalik ekinlari (g‘o‘za,bug‘doy,soya va boshqalar) genetikasi,fiziologiyasi va biokimyosi sohalaridagi fundamental tadqiqotlarni klassik, populyatsion, mutatsion genetika, fiziologiya, biokimyo, molekulyar genetika uslublarini kompleks qo‘llagan holda chuqurlashtirish;

· g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarining seleksion jarayoniga genetika, fiziologiya, biokimyo, biotexnologiya va biologiyaning boshqa yo‘nalishlarining eng yangi yutuqlarini joriy etish;

· belgilarning irsiylanishi va nasldan-naslga berilishini o‘rganishda belgilarning fenotipik namoyon bo‘lishida belgilarning genetik tabiatini, genlar soni, ularning o‘zaro ta’siri va har bir genning hissasini aniqlash;

· g‘o‘zaning kasalliklarga, zararkunandalarga, suv tanqisligiga va sho‘rlanishga hamda muhitning boshqa biotik va abiotik omillariga chidamli bo‘lgan serhosil, tezpishar, yuqori sifatli tolaga ega navlarini yaratish va joriy etish;

· o‘simliklarning muhitning ekstremal sharoitlariga chidamliligining fiziologik-biokimyoviy va genetik mexanizmlarini hamda yetishtirilayotgan ekinlar moslashuvchanlik potensialini oshirish yo‘llarini aniqlash;

· genetika, markerlarga asoslangan seleksiya (MAS) va gen-muhandislik biotexnologiyasi asosida yumshoq bug‘doyning talab qilinayotgan xususiyatlarga ega yangi kuchli navlarini va qattiq bug‘doy navlarini yaratish.

· biologiya fanining ko‘plab yo‘nalishlarining fundamental va amaliy masalalarini yechish uchun g‘o‘za, bug‘doy, soya va fitopatogen mikroorganizmlar noyob kolleksiyalarini saqlash, o‘rganish, to‘liq tavsiflash va ko‘rsatkichlar bazasini yaratish.

· ishlanmalarning fundamental, amaliy innovatsion bosqichlarini ketma-ketlikda bajarilishini ta’minlash.

2.3. Yo‘nalishlar - Tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari:

· O‘zbekistonning milliy boyligi sanalgan, paxtachilik rivojlanishini istiqbolini belgilovchi, qimmatli xo‘jalik belgilarining tugalmas manbai bo‘lgan “G‘o‘za genofondi”ni o‘rganish, saqlash va boyitish, uning noyob namunalari asosida, xalq xo‘jaligini talablarini qondiruvchi va dunyo bozorida raqobatbardosh bo‘lgan navlar yaratish uchun yangi genetik asosli sintetik introgressiv shakllar, tizmalar yaratishdir.

· Irsiylanish va o‘zgaruvchanlikning genetik qonuniyatlarini hamda morfobiologik va qimmatli-xo‘jalik belgilari shakllanishi qonuniyatlarini aniqlash asosida xalqaro andozalarga javob beradigan sifatli mahsulotga ega, tezpishar,serhosil, muhitning biotik va abiotik omillariga chidamli navlarni yaratish.

· Genetik qonuniyatlarni va morfobiologik xususiyatlarni hamda ekish oldidan tayyorlash, ekish, parvarishlash, yig‘im-terim, qayta ishlash,dorilash va saqlash jarayonida urug‘larning hosildorlik va urug‘lik sifatini oshirish usullarini o‘rganish asosida g‘o‘za,donli va don-dukkakli ekinlarning genetik bir xil,original superelita va elita urug‘larini olishning mavjud metodlarini takomillashtirish va yangi samarali metodlarini ishlab chiqish.

· G‘o‘zaning qurg‘oqchilikka chidamliligi genetikasi, seleksiyasi, fiziologiyasi va biokimyosi – G.hirsutum L. va G.barbadense L. turining navlari, tizmalari, namunalari va duragaylarining moslashuvchanligi va suv tanqisligiga chidamliligini genetik va mofofiziologik qonuniyatlarini aniqlash, qurg‘oqchilikka chidamlilik seleksiyasining ilmiy ilmiy asoslarini ishlab chiqish hamda qurg‘oqchilikka chidamli o‘rta va ingichka tolali g‘o‘za navlarini yaratish, suv tanqisligiga chidamli o‘rta va ingichka tolali g‘o‘za navlarini “genotip-muhit” o‘zaro ta’sirini aniqlash uchun tomchilatib sug‘orishda navlarning morfofiziologik xususiyatlarini aniqlash, tomchilatib sug‘orish agrotexnologiyalari uchun moslashtirilgan g‘o‘zaning ideatip modelini yaratish.

· Qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtirishning va ekishga urug‘ tayyorlashning iqtisodiy foydali va ekologik xavfsiz texnologiyalarini ishlab chiqish. Noan’anaviy (marker-assotsirlangan) seleksiya usullari asosida qishloq xo‘jalik ekinlarining qimmatli-xo‘jalik belgilarini saqlash va yaxshilash.

  • Biologik faol biopolimerlar sintezlaydigan turli mikroorganizmlarni skrining va identifikatsiya qilish; ular asosida olingan biopolimerlar va nanobiokompozitlarning fizik-kimyoviy tavsifi; o‘simliklarda tuz stressini kamaytirish hamda tuproq unumdorligini oshirish maqsadida mikrobli biopolimerlar asosida biokolloid - biogellar yaratish. faol shtammlarning biopolimerlari asosida olingan nanokolloidlar yordamida o‘simliklar patogenlariga qarshi kurash usullarini ishlab chiqish.

· O‘simliklar kasallanishining fitopatologik va molekulyar tashhisini o‘tkazish va kasalliklarni davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish.

3. Ilmiy-tashkiliy faoliyat:

3.1. O‘zbekiston Milliy universiteti bilan birgalikdagi Ilmiy kengash (shifr va ixtisoslik) – Ilmiy kengash shifri DSc.29.08.2017.B.53.01, ixtisosliklar: 03.00.07 – o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi; 03.00.09 – umumiy genetika;03.00.14 – genomika, proteomika va bioinformatika;03.00.03-molekulyar biologiya,molekulyar genetika, molekulyar biotexnologiya.

3.2. Ilmiy seminarlar va ilmiy kengashlar (nafaqat himoya oldi, balki ilmiy tadqiqotlarni muhokama qilish uchun ham) – DSc.29.08.2017.B.53.01 ilmiy kengashida biologiya bo‘yicha Ilmiy seminar faoliyat olib boradi (03.00.07 – o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi; 03.00.09 – umumiy genetika;03.00.14 – genomika, proteomika va bioinformatika;03.00.03-molekulyar biologiya,molekulyar genetika, molekulyar biotexnologiya).

Institut Ilmiy kengashi tarkibi O‘zR FA GO‘EBI Ilmiy kengashining №-1 sonli 2019 yil 11 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan. institutning xar bir laboratoriyasida olib borilayotgan tadqiqotlar, hisobotlar bo‘yicha ilmiy seminarlar o‘tkaziladi.

4. Ilmiy salohiyat va ilmiy tadqiqotlarning samaradorligi

4.1. Ilmiy loyihalarning amalga oshirilishida qatnashish (2019 yilga soni va mablag‘i.), jumladan, fundamental (soni-3, mablag‘i-565,9 mln.so‘m), amaliy (soni-9, mablag‘i - 1106,0 mln.so‘m) va innovatsion (soni-2, mablag‘i-221,3 mln.so‘m) ( №1-ilova).

4.2. Ilmiy muassasa xodimlari tomonidan yoqlangan doktorlik dissertatsiyalari soni (2015-2019yillar.) – 17. (8-fan doktori DSc, 9- falsafa doktori PhD).

4.3. Dunyo xamjamiyati tomonidan tan olingan, ilmiy muassasa hamda xodimlar tomonidan bajarilgan ishlanmalar ro‘yxati (ilova №2).

4.4. Ilmiy ishlar chop etish (ilova №3) (2015-2019 yy.):

ilmiy maqolalar soni - 274, jumladan xalqaro - 117, Web of Science - 20, Scopus - 29 (ilova №4);

ilmiy muassasa xodimlari tomonidan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar to‘plamlarida chop etilgan ishlar - 58.

4.5. Intellektual mulk ob’ektlari, jumladan ( №3-ilova):

2014-2018 yillar davomida institut hamda xodimlar tomonidan olingan maxalliy (17) va xalqaro (yuq) patentlar, intelektual mulk ob’ektiga (guvoxnoma).

5. Ilmiy muassasaning milliy va xalqaro ilmiy-ta’lim jarayoniga integratsiyasi:

5.1. Xalqaro ilmiy-texnik xamkorlikda qatnashish, jumladan:

xamkorlikdagi ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish (ilova №5);

ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish hamda material-texnik bazani mustaxkamlash uchun xalqaro grant mablag‘larini jalb etish (ilova №6);

muassasa xodimlarining chet el ilg‘or ilmiy markazlarida tajriba almashishlarini tashkil etish (xodimlar soni);

Institutda yosh olimlarni xorijda malaka oshirishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan 2019 yilning 1 yarim yilligida 4 ta yosh olim yetakchi xorij ilmiy markazlarida malaka oshirib qaytishdi: M.M.Rejapova Meksika (Obrigon) – «Uluchsheniye pshenitsы» o‘quv kursi; A.Sherimbetov Rossiya (S.Peterburg) –«Bioraznoobraziya i identifikatsiya vozbuditeley bolezney rasteniy» o‘quv kursi; J.Shavkiyev va L.Allayarov Xitoy (Pekin) «Trening kurs po vыraщivaniyu xlopchatnika dlya razvivayuщixsya stran». Bulardan tashqari institutning quyidagi olimlari b.f.d., prof. Usmanov R.M., Xamdullayev Sh.A., 1-bosqich doktoranti, b.f.n. Matniyazova X.X., Sherimbetov A. va Ruzmetov D. 2019 y. aprel oyida Rossiyaning Moskva shaxrida o‘tkazilgan “O‘simliklar fiziologiyasi” bo‘yicha ilmiy konferensiyada ilmiy ma’ruza bilan ishtirok etishdi. Institut ilmiy xodimi, loyiha raxbari b.f.n., X.S.To‘raqulov hozirda Germaniya davlatida, kichik ilmiy xodim T.A.Bozorov esa Xitoy davlatida ilmiy stajirovkada bo‘lib turishibdi.

5.2. Ilmiy va ta’lim sohalarining integratsiyasi:

Institutda ilm-fan va ta’lim integratsiyasi bo‘yicha amaliy ishlarni faollashtirish, magistr va bakalavlarni tayyorlash va ularni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish orqali malakali kadrlar yetishtirish maqsadida quyidagi Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan:

1. O‘zbekiston Milliy universiteti “Genetika” va “Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi” kafedralari.

2. Toshkent davlat Agrar universitetining “Qishloq xo‘jalik ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi” kafedrasi.

3. Toshkent kimyo texnologiya instituti.

4. Andijon Davlat universiteti.

5. Farg‘ona Davlat universiteti bilan xamkorlik shartnomalari tuzilgan va bu yo‘nalishda qator yutuqlarga erishilmoqda.

6. Chirchiq davlat universiteti.

7. Guliston davlat universiteti.

8. Buxoro davlat universiteti.

  1. oliy ta’lim va ilm-fan integratsiyasi bo‘yicha amaliy ishlarni faollashtirish, magistr va bakalavlarni tayyorlash va ularni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish orqali malakali kadrlar yetishtirish maqsadida Andijon Davlat universiteti, Guliston Davlat universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Buxoro Davlat universiteti, Toshkent Davlat Agrar universiteti, Chirchiq Davlat Pedagogika instituti bilan xamkorlik shartnomalari tuzilgan va bu yo‘nalishda qator yutuqlarga erishilmoqda. Ushbu hamkorlik shartnomalari asosida Andijon Davlat universiteti, Guliston Davlat universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat Agrar universiteti va Chirchiq Davlat Pedagogika instituti bakalavr va magistrlari bitiruv malakaviy ishlarini bajarishmoqda. Institutning quyidagi yetakchi ilmiy xodimlari: b.f.d., prof. S.M.Rizayeva, b.f.d., prof. M.F.Abzalov, b.f.d., prof. Sh.Yunusxanov, b.f.d., prof. R.M.Usmanov, b.f.d., prof. S.K.Baboyev, b.f.d., I.D.Kurbanbayev va b.f.n., S.M.Nabiyev, b.f.n., X.X.Matniyazovalar bitiruv malakaviy ishlari ximoyasida komissiya raisi va komissiya a’zosi sifatida ishtirok etadilar. q/x.f.d., prof. A.A.Narimanov, b.f.d., prof. R.M.Usmanov, b.f.d., prof. S.K.Baboyev, b.f.d., I.D.Kurbanbayev, q/x.f.d., A.N.Axmedjanov va b.f.b.f.d., A.Sherimbetovlar bir qator oliy ta’lim muassasalarida magistrlik ishlariga ilmiy raxbar bo‘lib faoliyat olib bormoqdalar. Bulardan tashqari bir qator oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilar institutning ilmiy faoliyatiga jalb qilinganlar.

6. Ilmiy faoliyat va ishlab chiqarish integratsiyasi, ilmiy faoliyat natijalarini kommersializatsiya qilish:

6.1. 2015-2019 yillar davomida natijalarni tadbiq etish hamda texnologiyalarni berish natijasida tushgan mablag‘lar (6120,8 mln. so‘m).

6.2. NIOKR ishlarini bajarish natijasida ishlab chiqarish sohasidan tushgan mablag‘ (innovatsion loyixalarni hisobga olmagan holda)691,3 mln. so‘m (ilova №8).

6.3. Amaliyotga tadbiq etilgan ishlanmalar (ilova №9).

6.4. Respublika hamda xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish natijalari (ilova №10):

6.5. Tajriba ishlab chiqarish bo‘limlari va korxonalar bilan qo‘shma bo‘linmalari (ilmiy markazlar, laboratoriya va boshqalar):

Institut strukturasida quyidagi bo‘linma va laboratoriyalar mavjud: ma’muriyat, axborot-taxlil bo‘limi, 12 ta laboratoriya, 3 ta tajriba stansiyasi, 1 ta filial, 2 ta noyob ob’ekt, buxgalteriya, kadrlar bo‘limi, xo‘jalik bo‘limi, texnik bo‘lim va avtogaraj. Institut qoshida mikrobiologik biopreparatlarni amaliyotga joriy etish maqsadida “Aloqa bank” bilan xamkorlikda “BIAZOT IGBR” MChJ tashkil qilindi.

6.6. Institut xuzurida yoki xamkorligida tuzilgan innovatsion infrastruktura

Institut qoshida mikrobiologik biopreparatlarni amaliyotga joriy etish maqsadida “Aloqa bank” bilan xamkorlikda “BIAZOT IGBR” MChJ tashkil qilindi. Soyaning Genetik-1 va Sochilmas navlarini urug‘chiligini tashkil qilish maqsadida “Markaziy osiyo urug‘chilik kompaniyasi” MChJ bilan litsenzion shartnoma imzolangan.

Innovatsion infrastruktura ob’ektlari (texnologiyalar transferi markazlari, innovatsion-texnologik markazlar, biznes-inkubatorlar va boshq.) (ro‘yxati, ko‘lami ko‘rsatkichlari va ularning faoliyati natijalari);

Innovatsion tadqiqotlar

Institut innovatsion tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari:

1. G‘o‘zaning serhosil,qurg‘oqchilikka, sho‘rlanishga va kasalliklarga chidamli tola sifati yaxshilangan va boshqa qimmatli belgilariga ega navlarini ishlab chiqarishga joriy etishga tayyorlash.

2. Zamburug‘li kasalliklarga chidamli yumshoq bug‘doyning kuchli navlarini va qattiq bug‘doyning navlarini, bug‘doydan bo‘shagan yerlarga qayta ekish uchun soyaning tezpishar navlarini joriy etishga tayyorlash.

3.Biopreparatlarni yaratish.

Hissador qatnashchilarO‘zR QXV, O‘zpaxtasanoat, O‘zdonmaxsulot va xususiy fermerlar.

4.Ilmiy ishlanmalarni joriy etish uchun innovatsionnыmi tuzilmalar (klasterlar)bilan shartnomalar tuzish.

7. Kadrlar bilan ta’minlanganlik

7.1. Xodimlar soni - 195, jumladan ABB - 7, o‘rindoshlar - 13;

7.2. Ilmiy xodimlar soni - 66, jumladan yoshlar ( 40 yoshgacha) - 29;

7.3. Ilmiy darajali xodimlar soni - 36, jumladan akademiklar - 1, fan doktorlari - 13, fan nomzodlari- 22;

  1. ilmiy xodimlarning o‘rtacha yoshi - 48 yosh.

7.5. Ilmiy kadrlarni tayyorlash:

doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar soni -5

yosh kadrlar ilmiy-ijodiy salohiyatini faollashtirish va rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan va oshirilayotgan chora-tadbirlar (2015-2019 yillarga raqamli ko‘rsatkichlarni ko‘rsatgan holda to‘liq bayon etish);

Institut rivojlanishining eng ustivor yo‘nalishi tadqiqot jarayoniga bakalavr va magistrlarni jalb qilishdir. Institutga yosh mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha ishlar faol olib borilmoqda.

1. Institut laboratoriyalari bazasida bakalavr va magistrlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun sharoitlar yaratilmoqda.

2. Institut yosh mutaxassislar va ularning oilalari uchun institut yotoqxonasidan joy ajratmoqda.

3. Yosh olimlar Xalqaro dasturlar va grantlar bajarilishiga faol jalb qilinmoqda.

4. Institutda ilmiy seminarlar tashkil qilinmoqda, institut xodimlari biologiya yo‘nalishidagi OO‘Yulari va litseylarida ma’ruzalar o‘qimoqdalar, ekskursiyalar uyushtirmoqdalar.

5. Institutda yosh olimlar kengashi faol ishlamoqda,ilmiy seminarlar uyushtirilmoqda.

6. Yosh olimlarni moddiy rag‘batlantirish tadqiqotchilarni, tadqiqotchi-o‘rganuvchilarni va yosholimlarni mukofotlash yo‘li bilan amalga oshirilmoqda.

7. Institut doktoranturaning samaradorligini oshirishga olib keladigan tadqiqotchi-o‘rganuvchilarning sonini oshirish bo‘yicha faol ishlar olib bormoqda.

7.6. Ilmiy muassasa tarkibiy tuzilishi (ilova №11a).

8. Ilmiy asbob-uskunalar (ilova №12):

8.1. Eski – 422 ta.

8.2. Yangi (5 yilgacha) – 12 ta.

9. Ilmiy muassasa saloxiyati darajasi:

9.1. Ilmiy muassasa saloxiyatini baxolash:

Institutda genetika, fiziologiya va biokimyo, mikrobiologiya, qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi, yangi uslublarni ishlab chiqish, o‘simliklarning yangi navlarini yaratish va muntazam ko‘paytirish sohalaridagi muammolarni yechishga qaratilgan ilmiy tadqiqtsot ishlarini olib borish uchun yetarlicha ilmiy salohiyat mavjud.

hozirgi vaqtdagi saloxiyatini ob’ektiv baholash (ilova №13);

erishilgan yutuqlar hamda topshiriqlar darajasi doirasida, xalqaro ilmiy maussasalar bilan taqqoslaganda (davlatlar kesimida) (ilova №13a).

9.2. Ilmiy muassasaning kuchli va kuchsiz tomonlari (ilova №13b).

10. Ilmiy muassasaning kelajakdagi salohiyati rivoji.

10.1. Respublikaning istiqboli va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha topshiriqlar hamda 9-p ni hisobga olgan holda qisqa muddatli (5yil) hamda uzoq muddatli (10yil)salohiyatini rivojlantirish buyicha takliflar ishlab chiqildi:

istiqbolli yo‘nalishlar, muassasaning ilmiy faoliyati maqsad va vazifalari (ilova №14);

ilmiy muassasaning rivojlanishining maqsadli ko‘rsatgichlari, samaradorlikni oshirish, olib borilayotgan ilmiy hamda ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar sifati va darajasini oshirish (ilova №14a).

10.2. Qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishish uchun zarur bo‘lgan manbalar hamda sharoitlarni aniqlash, quyidagi tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni hisobga olgan holda (material-texnik baza, kadrlar, normativ-xuquqiy xujjatlarga o‘zgartishlar kiritish va boshqalar (ilovalar №15-17)).

10.3. Qo‘yilgan maqsad va vazifalarga bosqichma-bosqich erishish bo‘yicha tadbirlar rejasi, jumladan material-texnik bazani yangilash, kadrlar saloxiyatini oshirish, ilmiy faoliyat bilan ta’lim tizimi orasidagi integratsiyani yanada chuqurlashtirish (ilova №18).

10.4. Ilmiy muassasada mavjud muammolar va ularni hal qilish yo‘llari (ilova №19).

 

2020-01-21 12:57:08 0