Noyob g‘o‘za turlari – genofondimiz boyligi!

Noyob g‘o‘za turlari – genofondimiz boyligi!

G‘o‘za genofondi noyob obyekt kolleksiyasida saqlanayotgan yovvoyi g‘o‘za turlarini saqlash va ko‘paytirish bo‘yicha muhim ishlar olib borilmoqda. Xususan, kolleksiya rahbari Marjona Muzafarova tomonidan noyob namunalar seleksiya jarayonida o‘rganilib, ular “speed breeding” iqlim xonasida ko‘paytirilmoqda.

Gossypium armourianum turi genofond kolleksiyasida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, undan oxirgi hosil 1983-yilda olingan. Kuchli fotoperiodik xususiyati sababli oddiy sharoitda urug‘ olish qiyin, shu bois hozirda maxsus iqlim sharoitida hayotchanligi saqlanmoqda. Ushbu tur kuchli sho‘rlanish va qurg‘oqchilikka chidamliligi bilan ajralib turadi.

Shuningdek, Gossypium robinsonii turi ham noyob genetik resurslardan biri bo‘lib, undan oxirgi hosil 1987-yilda olingan. Kuchli fotoperiodik xususiyati tufayli bu turdan urug‘ olish murakkab hisoblanadi.

Ushbu tur yana bir muhim jihati bilan ajralib turadi — u yuqori miqdorda smola (shira) ishlab chiqaradi hamda tarkibida biologik faol gossypiol moddasi mavjud.

 Ushbu noyob yovvoyi turlar kelajakda sho‘rlanish va qurg‘oqchilikka chidamli yangi navlar yaratishda muhim genetik manba bo‘lib xizmat qiladi.

https://t.me/IGPEB

2026-04-01 41