03.02.2020 kuni Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutida yig'ilish bo'lib o'tdi.

03.02.2020 kuni Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutida yig'ilish bo'lib o'tdi.

“Uzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi mutasaddi rahbarlari bilan uchrashuv


O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti olimlari va “Uzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi mutasaddi rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Institut direktori A.Narimanov, laboratoriya mudirlari va ilmiy xodimlar hamda “Uzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi F.J. Po‘latov va kompaniya boshqarma boshliqlari ishtirok etdi. Uchrashuvda Institut olimlari tomonidan yaratilgan bug‘doy va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi navlari urug‘chiligini takomillashtirish, dolzarb yo‘nalishlarda fundamental tadqiqotlar olib borish va amaliyotga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi va ularning yechimiga qaratilgan aniq taklif va tavsiyalar berildi. 
Uchrashuv so‘ngida “Uzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan 2020 yilda Institut ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida fan hamda ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

 

2020-02-03 1429