2026-yil 14–15-may kunlari Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Zamonaviy biologik tadqiqotlar va tabiiy fanlarni o‘qitishning dolzarb muammolari, innovatsion yechimlari hamda rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti katta ilmiy xodimi, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Boburbek Axmadaliyev ishtirok etdi. Konferensiya doirasida u zamonaviy biologik tadqiqotlar, molekulyar-genetik tahlil usullari, o‘simlik viruslarini aniqlash va biotexnologiya sohasidagi ilmiy izlanishlar yuzasidan O‘zbekiston 24 radiosining “Axborot” informatsion dasturi uchun intervyu berdi.
Intervyuda biologiya va biotexnologiya sohasidagi zamonaviy ilmiy yutuqlar, innovatsion tadqiqot usullarining ahamiyati, shuningdek, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish va tabiiy fanlarni rivojlantirish istiqbollari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.


