O'zRFA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutiga 2024-o'quv yili uchun doktoranturaga qabul parametrlari.

O'zRFA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutiga 2024-o'quv yili uchun doktoranturaga qabul parametrlari.

TAYaNCh DOKTORANTURA, STAJYoR TADQIQOTChILIKKA VA MUSTAQIL IZLANUVChILIKKA 2024 YIL UChUN QABUL E’LON QILINADI!

O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti doktorantura, tayanch doktorantura, stajyor tadqiqotchilikka va mustaqil izlanuvchilikka 2024 yil uchun quyidagi ilmiy yo‘nalish bo‘yicha

QABUL E’LON QILINADI:

Ixtisoslik shifri va nomi

Doktorantura

Tayanch doktorantura

Maqsadli tayanch doktorantura

Stajyor-tadqiqotchilar soni

03.00.09-Umumiy genetika

1

10

3

2

03.00.07- Osimliklar fiziologiyasi

1

5

-

1

03.00.03- Molekulyar biologiya, molekulyar genetika, molekulyar biotexnologiya

1

5

-

1

 

Hujjatlar 2023 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.

Tayanch doktorantura, stajyor tadqiqotchilikka va mustaqil izlanuvchilikka kirish imtihonlari 2023 yilning 1-25 noyabr davrida bo‘lib o‘tadi.

Tayanch doktoranturaga kiruvchilar quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:

· chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til);

· mutaxassislik.

Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD), mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga oʼqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar

 

  1. Ariza.
  2. Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda).
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
  4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.
  5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
  6. Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
  7. Pasport nusxasi.
  8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)
  9. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat

Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali royxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

Doktorantura (DSc), mustaqil izlanuvchilik doktorantura (DSc)ga Oʼqishga talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar

  1. Ariza.
  2. Qisqacha biografik ma’lumot (obyektivka, namuna boʻyicha 3.5 shakl, oʻzbekcha va ruscha shaklda).
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
  4. Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
  5. Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi.
  6. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).
  7. Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)
  8. Pasport nusxasi.
  9. Ilmiy yutuqlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi)
  10. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat

Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.

Hujjatlar yagona elektron tizim www.phd.mininnovation.uz. orqali qabul qilinadi

Izoh:

Hujjatlar O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti Qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun tel: (97) – 470-88-55

Telegram: https://t.me/X_Shuxrat90

2023-09-19 173