Yaponiyalik olimga O‘zbekiston Fanlar akademiyasi faxriy akademigi unvoni berildi

Yaponiyalik olimga O‘zbekiston Fanlar akademiyasi faxriy akademigi unvoni berildi

O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi strategik sheriklik izchil rivojlanmoqda. Ayniqsa, bu ta’lim, ilm-fan sohalarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi strategik sheriklik izchil rivojlanmoqda. Ayniqsa, bu ta’lim, ilm-fan sohalarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Xususan, yaqinda bo’lib o’tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yaponiya davlatiga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va yanada kengaytirishga zamin yaratadi. Ushbu tashrif davomida Davlatimiz rahbari boshchiligida Nagoya universitetida ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv doirasida taniqli olim, kimyogar, Nobel mukofoti laureati Ryoji Noyoriga O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zR FA Faxriy akademigi unvoni topshirildi. Shubhasiz, bu O‘zbekiston va Yaponiya olimlari o‘rtasida ilm-fanning barcha sohalarida hamkorlikni kengaytirishga, birgalikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga, ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

2019-12-24 92