HURMATLI HAMKASBLAR!
Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi Sizni 2024 yil 14-15 May kunlari Toshkent shahrida joylashgan Fanlar akademiyasi binosida bo‘lib o‘tadigan “O‘simliklar genetikasi, seleksiyasi va eksperimental biologiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etish uchun taklif etadi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti tomonidan tashkil etilmoqda.
Anjuman maqsadi: Genetika, genomika, mikrobiologiya va biotexnologiya sohasidagi eng so‘ngi tadqiqotlar tahlili, o‘simliklarning genetik resurslarini saqlash, boyitish va amaliy seleksiyada samarali foydalanish istiqboli masalalari hamda turli qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining ekologik stress omillarga chidamlilik xususiyatlarini o‘rganish, dala, o’rmon, cho’l, yaylov va dorivor o‘simliklarni yetishtirishning agrobiotexnologik usullarini ishlab chiqish yuzasidan innovatsion yechimlarni taklif qilish.
Anjumanning rasmiy tillari: о‘zbek, rus va ingliz tili.