14-15 May kunlari “O‘simliklar genetikasi, seleksiyasi va eksperimental biologiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

14-15 May kunlari “O‘simliklar genetikasi, seleksiyasi va eksperimental biologiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo‘jallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” ning 30-maqsadida “Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish” va “agrar sohada ilm-fan va amaliyot integratsiyasini chuqurlashtirish” vazifalari belgilangan bo‘lib, ushbu vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida joriy yilning 14-15 May kunlari O‘simliklar genetikasi, seleksiyasi va eksperimental biologiyasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Ushbu anjumanning birinchi, ya’ni 14-may kunida institut direktori prof. A.A.Narimanov so‘zga chiqib o‘simliklar genetikasi, seleksiyasi va eksperimental biologiyasining dolzarb muammolari va ilmiy yechimlari yuzasidan ma’ruza qildi hamda anjumanda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalarni belgilab berdi.

 

 

Anjumanda o‘simliklar genetikasi va seleksiyasi global oziq-ovqat xavfsizligi, tinchlik va farovonlik uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi hamda o‘simliklar va atrof-muhitning o‘zaro ta’sirini tushunish, genetika, genomikani va seleksiya jarayonini integratsiya qilishdagi yutuqlar mavjud ilmiy muammolarni hal qilish va barqaror qishloq xo‘jaligini ta’minlashga zamin yaratishi ta’kidlandi.

Anjumanda mahalliy olimlar bilan birgalikda Xitoyning Chingdao qishloq xo'jaligi universiteti (Qingdao Agricultural University), Tokio qishloq xo'jaligi va texnologiya universiteti (Tokyo University of Agriculture and Technology), Belarus Milliy Fanlar akademiyasining Genetika va sitologiya instituti (Institute of Genetics and Cytology of the National Academy of Sciences of Belarus), Janubiy Qozog'iston tibbiyot akademiyasi (South Kazakhstan Medical Academy), Pokistonning Bahavalpur Islomiya universiteti (The Islamia University of Bahawalpur), Mongoliyaning O'simlik va qishloq xo'jaligi fanlari instituti (Institute of Plant and Agricultural Science) hamda Hindistonning Vital Biotexnologiya tadqiqot instituti (Vital Biotech Research Institute), Sankalchand Patel muhandislik kolleji, (Sankalchand Patel College of Engineering), Sankalchand Patel universiteti (Sankalchand Patel University) va boshqa bir qancha ilmiy tadqiqot muassasalarining olimlari tomonida ma’ruzalar o’qildi.

Anjumanning ikkinchi kunida (15-may) Institut huzuridagi “G‘o‘za genofondi” hamda “Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar” kolleksiyalari bilan tanishish, shuning laboratoriyalar hamda tajriba stansiyalaridagi ilmiy tajribalar bilan tanishish uchun sayohat tashkil etildi.

O‘tkazilgan xalqaro konferensiya natijasida ilm-fan sohasidagi eng so‘ngi tadqiqotlar tahlil qilindi, mavjud muammolar sanab o‘tildi. O‘simliklarning genetik resurslarini saqlash, boyitish va amaliy seleksiyada samarali foydalanish istiqboli hamda turli qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining ekologik stress omillari ta’sirida yetishtirishning agrobiotexnologik usullari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

 

 

2024-05-15 461