“Biologiyaning jamiyatdagi ahamiyati” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

“Biologiyaning jamiyatdagi ahamiyati” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-yanvardagi 16-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti tomonidan 2024 yil 20-21 sentabr kunlari tashkil etiladigan “Biologiyaning jamiyatdagi ahamiyati” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyaga barchangizni taklif qilamiz.

Anjuman maqsadi: O‘zbekistonda biologik xilma-xillik, biologiya sohasidagi eng so‘ngi ilmiy tadqiqotlar, mikroorganizmlar va ularning simbiotik organizmlarini saqlash, biomonitoringi va ularning molekulyar genetik identifikatsiyasi, qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi, yetishtirish agrotexnologiyalari, hayvonlar va o‘simliklar biologik xilma-xilligini o‘rganishdagi muammolar, biologiya fanini o‘qitishda zamonaviy pedogogik texnologiyalardan foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda biologik tadqiqotlarning ahamiyati yuzasidan mavjud muammolarni muhokama qilish hamda innovatsion yechimlar taklif qilish.

Anjumanning rasmiy tillari: о‘zbek, rus va ingliz tili.

 

KONFERENSIYA ILMIY YO‘NALISHLARI

ü O‘zbekistonda biologik xilma-xillikning muammolari va yechimlari, biologiya sohasidagi eng so‘ngi ilmiy tadqiqotlar istiqbollari;

ü O‘zbekistonda mikroorganizmlar va ularning simbiotik organizmlarini saqlash, biomonitoringi va ularning molekulyar genetik identifikatsiyasi;

ü Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi, yetishtirish agrotexnologiyalari, muammolari va istiqbollari;

ü Hayvonlar va o‘simliklar biologik xilma-xilligini o‘rganishdagi muammolar va istiqbollar;

ü Biologiya fanini o‘qitishda zamonaviy pedogogik texnologiyalardan foydalanish;

ü Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda biologik tadqiqotlarning ahamiyati.

batafsil: konferensiya.pdf

 
2024-08-30 311