Institutning Farg'ona filiali.
Filial Farg'ona viloyatining Bog'dod tumanida 1986 yil tashkil etilgan. Umumiy yer maydon 20 ga, bundan 11 ga g'o'za, qolgan maydon esa bug'doy va boshqa ekinlar bilan band. Filialda dehqonchilikning yangi sistema ishlanmalari ishlab chiqilib, o'rganilib, g'o'zani etishtirishda yangi agrotexnik qoidalari joriy qilingan. Hozirgi kunda Farg'ona viloyati uchun mos, yangi va istiqbolli g'o'za navlarini sinab, ularning urug'chiligini tashkil etish Farg'ona filialining asosiy vazifasi hisoblanadi.
2020-01-09 21:55:36 973