Zangi-ota ilmiy tajriba ba’zasi.
Toshkent viloyatining Zangi ota tumanida 1966 yilda tashkil etilgan. Umumiy yer maydoni - 40 ga, shundan 25 ga g'o'za, 5 ga bug'doy, qolgan yer maydoni esa boshqa ekin turlari bilan band. Zangi-ota ilmiy tajriba ba’zasining asosiy vazifasi – g'o'zaning yangi navlarini yaratish, sinash va ko'paytirish, yuqori agrotexnikalarni qo'llagan holda, genetika, selektsiya, urug'chilik, mikrobiologik, fiziologiya va biokimyo yo'nalishlariga oid fundamental amaliy va innovatsion loyihalar asosida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Tajriba ba’zasida birinchi marta viltga chidamli “Toshkent” g'o'za navlari guruhi yaratilgan. Sun'iy vilt bilan zararlantirish fondi tajriba asosida “Toshkent” navlari sinaldi va o'rganildi. Hozirgi vaqtda shu nav asosida viltga chidamli yangi liniya va g'o'za navlarini yaratishda bo'yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
Bazada 1971 yildan yangi g'o'za navlarini va liniyalarni qiyosiy o'rganish va sinash ishlari olib borilmoqda. Konkurs nav sinov natijalariga asosan istiqbolli g'o'za navlari yaratilib, Davlat nav sinoviga topshirilmoqda. Ko'plab yaratilgan g'o'za navlarining boshlang'ich yaratilish bosqichlari Zangi-ota ilmiy tajriba ba’zasida olib borilgan jumladan: Toshkent, AN-402, AN-Uzbekiston-3, AN-505, AN-Samarkand-1,2,3, Farxad, Tashkent-6, Oktyabr-60, AN-507, AN-16, AN-514,Ko'paysin, Yulduz, Mexr, Mehnat, Gulbaxor-2, Navbaxor-2, AN-703, Ishonch, Kelajak, Genofond-2, Farovon va boshqalar. Hozirgi paytda bazada Shinjon ekologiya va geografiya instituti bilan qo'shma tadqiqotlar, Xitoy texnologiyasi asosida tomchilatib sug'orish texnologiyasi sinovdan o'tkazilmoqda.
2020-01-09 21:56:32 1086