Paxta tolasi biologiyasi

Paxta tolasi biologiyasi

 

Laboratoriya mudiri: Gubanova Natalya Grigorevna, biologiya fanlari nomzodi. tel: +998712647866. 933801644. e-mail:gubanovanataliya44@mail.ru.

 Laboratoriyaning nomi:

Paxta tolasi biologiyasi.

Laboratoriyaning asosiy yo’nalishi:

Laboratoriyaning asosiy ilmiy faoliyati turlararoduragaylash asosida yaratilgan, noqulay sharoitlarga moslashuvchanligi yuqori bo’lgan yangi genetik materiyallarni o’rganishga qaratilgan. Laboratoriya hodimlari tomonidan bir-biriga uzoq turlarni duragaylashning istiqbolligini, seleksiyon ashyolar olish maqsadida ajratib olingan mutloqo yangi Germoplazma orqali isbotladilar.

Qayd etilgan uslub majmuidan foydalanib g’o’zaning yovvoyi turlari va madaniylashtirilgan formalarining biologik hususiyatlarini yetarli darajada chuqur tahlil qilish asosida yaratilgan tizmalar ichidan tanlash orqali yangi istiqbolli g’o’za navlarining yaratilishida asos bo’ldi.

Laboratoriyaning asosiy vazifalari:

Paxta tolasining rivojlanish xususiyatlarini o’rganishda asosan uning tashqi qavatini tuzilishiga, ma’lum qiymatdagi o’lchamlarining shakillanishi, o’sish jadalligi kabi jarayonlarni anglashda, tola hosil bo’lishida o’simlik xo’jayralarining va shuningdek, butun o’simlikning alohida o’ziga xos xususiyatlari juda katta axamiyatga ega bo’ladi. Bu jarayonlarni o’rnatish qonuniyatlari va ularning birikkan birikkan belgilarining o’zgarishini va tolaning xususiyatlarini o’simlikka ta’sirini bilish insoniyatga maqsadli yo’nalishda qiziqish o’yg’otadi. Shuning uchun, tola xo’jayralarini g’o’zaning ontagenez davrida uning xosil bo’lgandan to to’liq yetilguncha o’rganish muhim xisoblanadi.

Laboratoriyaning asosiy yutuqlari:

Laboratorya olimlari tomonidan olingan donor va tizmalar asosida serhosil, chigitida yog’ miqdori yuqori va viltga chidamli Gulbahor-2, Navbahor-2, Armug’on -2, Sadaf, Gulshan va Iqbol yangi navlar yaratilgan. Bu yangi navlar yangi Germplasm guruhiga kirib, yovvoyi g’o’za turlari ichidan qurg’oqchilikka va sho’rhoqlikka chidamli bo’lgan introgressiv tizmalardan olingan.

Xozirda ekilayotgan yangi navlar ishlab chiqarishda ekilayotgan navlarga nisbatan xosildorligi 6-8 s/ga, yuqori, tola chiqimi 3-4% ko’p, 8-10 kun ilgari pishadi.

Oxirgi besh yilda (2015-2019 yy) laboratoriya olimlari raxbarligida 3 ta biologiya fan nomzodi dissertatsiyalari ximoya qilingan. Bundan tashqari 1 ta doktorlik dissertatsiyalari ximoyaga tayyor bo’lmoqda. Gubanova N.G. rahbarligida 1 nafar hodim doktorlik PhD, 1 ta katta ilmiy xodim DsC ishi ustida ishlamoqda. Xorij jurnallarida 12 ta ilmiy maqola, 15 ta ilmiy maqola maxalliy jurnallarda, 20 ta tezis ilmiy - amaliy konfrensiyalarda chop etilgan. 2017-yilda 2 ta Sadaf, Armug’on-2 g’o’za navlariga patent olingan. Gulshan g’o’za naviga patent olish uchun ariza topshirilgan NAP 20170016 raqamli talabnoma ko’rib chiqishga qabul qilingan. 2019- yilda Iftixor-2 va Afsona g’o’za navlariga patent olish uchun xujjat topshirilgan.

Laboratoriyada ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish uchun 1 fan doktori, 4 ta fan nomzodi, 1 ta kichik ilmiy xodim, 1 ta tayanch doktorant ilmiy faoliyat bilan shug’ullanadi.

2020-01-07 10:56:03 726