Donli ekinlar genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi labaratoriyasi

Donli ekinlar genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi labaratoriyasi

 Laboratoriya mudiri: Baboev Saidmurot Kimsanboevich, biologiya fanlari doktori, professor.

Tel: +998 71 264-23-80, 97-754-65-46; e-mail: sai-baboev@yandex.ru


 

 

Laboratoriyaning nomi:

Donli ekinlar genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi 


Laboratoriyaning asosiy yo‘nalishi:

Don va dukkakli ekinlar, jumladan yumshoq bug‘doyning yangi navlarini yaratishning genetik asoslari, kasallik va zararkunandalar hamda suv bilan kam ta'minlanganlik va tuproq sho‘rlanishi kabi tabiiy omillarga chidamlilikning genetik va fiziologik asoslarini taxlil qilish. Dukkakli don ekinlarining (mosh, fasol, no‘xot)  xosildorligini oshirish usullari o‘rganish xamda tritikale o‘simligining sho‘rxoklikka chidamli yuqori xosilli navlarini tanlash, yumshoq bug‘doyning maxalliy va jaxon kolleksiyasi namunalaridan tuproq iqlim sharoitiga moslanuvchanligi, donning non bo‘lish sifatini o‘rganish asosida yangi navlar tanlash va amaliyotga tatbiq etish. Bug‘doy navlari donidagi zaxira oqsillarining elektroforetik tahlili va o‘simlik to‘qimalaridagi fermentlar faolligini o‘rganish asosida navlarning navdorligi bo‘yicha identifikasiya qilish; maxalliy bug‘doy navlarining birlamchi urug‘chiligini tashkil etish;


Laboratoriyaning asosiy yutuqlari:

Yumshoq bug‘doyning Bardosh, Oq marvarid,   Paxlavon, Qayroqtosh, E'zoz navlari yaratildi va ishlab chiqarishga joriy etildi.  
Laboratoriyada yaratilgan yangi  navlarning agrotexnologiyasini to‘g‘ri olib borish, ekin maydonlarini kengaytirish borasida, muntazam ravishda, ilmiy maslahatlar berilgan. 2019 yilda qurg‘oqchilikka chidamli lalmi sharoitga moslashgan Qayroqtosh navi 10 ga Samarqand va Jizzax viloyatlarida, sariq zang kasalligiga Bardosh navi 64 ga Samarkand viloyatida, nonbopligi sifati yuqori, hosildor Oq marvarid navi 86 ga va Paxlavon navi 77.2 ga maydonga Sirdaryo viloyatida ekildi va bu navlarning birlamchi urug‘chiligi tashkil qilindi. Ertapishar, hosildor E'zoz navi nav sinash uchastkalarida ekilmoqda. 2020 yilda bu navlarning yetishtirish yer maydonlarini oshirish, birlamchi urug‘chilikni kengaytirish rejalashtirilgan.
Oxirgi besh yilda (2015-2019 yy) laboratoriya olimlari rahbarligida 1 ta falsafa doktori PhD, 1 ta fan doktori DsC dissertasiyalari himoya qilingan. Bundan tashqari 2 ta monografiya, 2 ta patent olingan, 3 ta navga patent olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga ariza topshirildi.


Laboratoriyaning asosiy vazifalari:

Yumshoq bug‘doyning jaxon kolleksiyasi namunalaridan xosildorlikni ta'minlovchi miqdoriy belgilarning irsiylanishi va o‘zgaruvchanligi, tuproq iqlim sharoitiga moslanuvchanligi, donning non bo‘lish sifatini o‘rganish asosida yangi navlar tanlash va amaliyotga tatbiq etish; 
bug‘doy navlari donidagi zaxira oqsillarining elektroforetik tahlili va o‘simlik to‘qimalaridagi fermentlar faolligi taxlili asosida navlarning navdorligi bo‘yicha identifikasiya qilish, ularning qimmatli xo‘jalik belgilari bilan korrelyasion bog‘liqligini gibridologik taxlil qilish asosida genetik markerlar topish va seleksiyaga tatbiq qilish;
tritikale va javdarning kolleksion namunalaridan O‘zbekiston sharoitiga mos keladigan yuqori xosilli va ozuqa birligi yuqori bo‘lgan, xamda tuproq sho‘rlanishiga chidamli  navlarni tanlash  va birlamchi urug‘chiligini tashkil etish;
dukkakli ekinlar mosh, fasol, no‘xot va yasmiqning xosildorligini oshirish, ularning ildiz rizosferasidagi tuganakli bakteriyalarning faoliyatini yaxshilashda mikrobiologik preparatlarning roli, ularni qo‘llash texnologiyasi tatbiq qilish;
Laboratoriyada 1 ta doktor, 2 ta biologiya fanlari nomzodi, 2 ta doktorant, 3 ta kichik ilmiy xodim, 2 ta izlanuvchi tadqiqotchi, 3 ta magistrlar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadi. 

2020-01-13 13:40:31 1264