Dukkakli va moyli genetikasi laboratoriyasi

Dukkakli va moyli genetikasi laboratoriyasi

 

“Dukkakli va moyli ekinlar genetikasi”

laboratoriyasi

 

Laboratoriya mudiri – Kurbanbaev Ilxam Djumanazarovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Tel: +998977517401, +998901271431. qurbonboyevilhom@gmail.com

 

Bosh ilmiy xodim – Jabborova Difuza Pushkinovna, biologiya fanlari doktori, professor.

Tel: +998900349277. dilfuzajabborova@yahoo.com

 

Kichik ilmiy xodim – Abdushukirova Sohiba Komolovna. Tel: +998911328525. komolovnasohiba@gmail.com

 

 

Kichik ilmiy xodim – Aliqulov Elyor Oydinovich. Tel: +998971001333. aliqulovelyor291@gmail.com

 

Laboratoriya ilmiy tadqiqotlarining asosiy maqsadi – O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini taʻminlashda muhim bo‘lgan dukkakli va moyli ekinlarni molekulyar-genetik tahlillar hamda omics yondashuvlar asosida stress omillarga chidamliligini oshirish, yuqori hosildor, biokimyoviy jihatdan qimmatli bo‘lgan hamda mahsuldor genotiplar olishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga keng joriy etishdan iborat.

Asosiy ilmiy yo‘nalishlar:

ü Laboratoriyada mavjud bo‘lgan dukkakli va moyli ekinlar kollektsiyasini saqlash, yangilash va yanada boyitish choralarini ko‘rish;

ü Dukkakli va moyli ekinlarning yuqori duragay avlodlaridan ajratilgan rekombinant shakllarda muhim belgilar polimorfizmini o‘rganish.

  • Soyaning ayrim nav namunalari urug‘ining biokimyoviy ko‘rsatkichlarini baholash hamda moy va lipidlarning (Lipidomics) to‘liq spektral tahlili.

ü Kunjutning xorijiy va mahalliy nav namunalarini biokimyoviy tahlil qilish asosida oqsil, moy miqdori hamda moy tarkibidagi muhim yog‘ kislotalari ulushi yuqori bo‘lgan genotiplarni tanlash.

ü Moshning xorijiy va mahalliy nav namunalarini o‘rganish asosida tanlangan istiqbolli genotiplarini ozuqaviy qiymatini baholash.

ü Molekulyar tahlillar asosida ajratib olingan soya genotiplarini qimmatli-xo‘jalik belgilariga aloqador bo‘lgan genlar ekspressiyasini tahlil qilish hamda transkriptomlarni sekvens qilish asosida genetik polimorfizmlarni aniqlash.

ü Soya, kunjut va mosh genotiplarida qimmatli-xo‘jalik belgilari bilan bog‘liq bo‘lgan lokuslarni aniqlash maqsadida QTL tahlillarini amalga oshirish, genom sekvens maʻlumotlari asosida SNP va InDel polimorfizmlarni identifikatsiya qilish.

ü Aniqlangan QTL mintaqalari doirasida joylashgan nomzod genlarni funktsional jihatdan baholash, SNP hududlar asosida molekulyar markerlarni ishlab chiqish, validatsiya qilish va olingan sekvens maʻlumotlarini NCBI maʻlumotlar bazasiga joylash.

ü Transkriptom, QTL va fenotipik maʻlumotlarni integratsiya qilish asosida qimmatli-xo‘jalik belgilariga taʻsir etuvchi molekulyar mexanizmlarini tahlil qilish.

Olingan natijalar:

v Olingan natijalarga ko‘ra soya nav namunalarida SSR DNK markerlari yuqori polimorfizm darajasini namoyish etdi. Markerlarning o‘rtacha polimorfizm maʻlumot indeksi (PIC) 0.4728-0,7180 atrofida bo‘lib, bu markerlar to‘plami kollektsiyaning genetik xilma-xilligini baholash uchun samarali ekanligini tasdiqladi. Satt636, Satt510 va Satt385 markerlari eng yuqori He va PIC qiymatlariga ega bo‘lib, ular eng yuqori farqlash qobiliyatiga ega ekanligi aniqlandi.

v Ikki omilli (Two-Way) ANOVA tahlillari natijasida beshta SSR markeri o‘rganilayotgan muhim xo‘jalik belgilari (hosildorlik, moy miqdori va ertapisharlik) bilan statistik jihatdan sezilarli bog‘lanishga ega ekanligi aniqlandi.

v Satt385 markerining 175 juft asosli alleli “bitta o‘simlikdagi dukkak soni” belgisi bilan, Sct_010 markerining 130 juft asosli alleli esa “bitta o‘simlikdagi don vazni” belgisi bilan bog‘lanib, hosildorlikni oshiruvchi allellar ekanligi isbotlandi.

  1. Satt510 markerining 100 juft asosli alleli moy miqdorini oshirishga sezilarli taʻsir ko‘rsatishi aniqlandi. Bundan tashqari, Satt636 markerining 140 juft asosli alleli vegetatsiya davomiyligini qisqartirib, namunalar o‘rtasida ertapisharlikni taʻminlashini ko‘rsatdi.

v Qimmatli allellar tarqalishini umumlashtiruvchi tahlil natijalari asosida, bir vaqtning o‘zida 5 tagacha ijobiy allelni o‘zida jamlagan soyaning BK-89 va Gen-2 namunalari aniqlandi. Ushbu genotiplar kelajakdagi genetik-selektsion dasturlarda yuqori hosildor va sifatli navlarni yaratish uchun potentsial donorlar sifatida tanlash uchun tavsiya etiladi.

v Klaster tahlili soya kollektsiyasi namunalarini ikkita asosiy genetik guruhga ajratdi, bu esa ular orasida sezilarli genetik divergentsiya mavjudligini tasdiqladi. Eng katta genetik masofaga ega bo‘lgan namunalarni duragaylashda foydalanish orqali geterozis samarasini maksimal darajada oshirish va yangi genotipik kombinatsiyalarni yaratish mumkin.

v Laboratoriyada olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida soyaning “Genetik-1”, “Sochilmas”, “Extiyoj”, “Xotira” va “Marjon” navlari yaratilgan;

v Soyaning “Genetik-1” va “Sochilmas” navlari ertapishar bo‘lib takroriy ekinga mos. Sochilmas navining asosiy xususiyati pishib yetilganda dukkaklari ochilib ketmaydi;

v Soyaning “Extiyoj”, “Xotira” va “Marjon” navlari boshqa navlardan hosildorligi va don tarkibida oqsil miqdori hamda moydorlik darajasi yuqoriligi bilan ajralib turadi;

v Soyaning genetik kollektsiya nav namunalari duragaylash asosida belgilarning keyingi avlodlarda irsiylanishi va o‘zgaruvchanligini o‘rganish asosida rekombinant tizmalar olish bo‘yicha tadqiqotlar davom ettirilmoqda;

v Olib borilgan tadqiqotlar asosida moshning “Ishonch” va “Istiqbol-32” navlari yaratilib amaliyotga joriy etildi.

v Moshning “Ishonch” naviga patent olindi, “Istiqbol-32” naviga patent olish uchun Intellektual mulk markaziga talabnoma topshirildi.

v Moshning yangi “Ishonch” navini tijoratlashtirish uchun Jizzax viloyati, Paxtakor tumanidagi “SEMRUGʻ CLUSTER” MCHJ urug‘chilik klasteri bilan 2026 yil 8 may sanasida №-2 sonli litsenzion shartnoma imzolandi. Ushbu litsenzion shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 26.05.2026, 321/2026 sana va raqam bilan ro‘yhatdan o‘tkazildi.

v Kunjutning xorijiy va mahalliy nav namunalarini biokimyoviy tahlil qilish asosida oqsil, moy miqdori hamda moy tarkibidagi muhim yog‘ kislotalari ulushi yuqori bo‘lgan genotiplarni tanlash bo‘yicha tadqiqotlar davom ettirilmoqda.

 

Laboratoriyada bajarilgan loyihalar:

I2-T011. «Kuzgi bug‘doydan keyin sug‘oriladigan yerlarda ikkinchi ekin sifatida ekishga mos soyani Genetik–1 navini urug‘ini ko‘paytirish, super-elita va elita urug‘larini tayyorlash». Innovatsion loyiha. Loyiha rahbari b.f.d., prof. M.F.Abzalov.

FA A10-T-98 “Soyaning botanik va genetik kollektsiyasini saqlash, Beloruss Respublikasidan keltirilgan nav namunalaridan ajratilgan ayrim tizmalarni urug‘ini ko‘paytirish xamda fenotipik barqarorlikka keltirish”. Amaliy loyiha. Loyiha rahbari b.f.d., prof. M.F.Abzalov.

FA-A-QX-2018-24 “Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida ajratilgan soya o‘simligini genetik kollektsiya tizmalarida moy va oqsil miqdorini hamda ularni sifatlari bo‘yicha baholash”. Amaliy loyiha. Loyiha rahbari b.f.d., I.Dj.Kurbanbaev.

Xorijiy loyiha – Moliyalashtirish manbai – Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMT Taraqqiyot Dasturining Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasiToshkent viloyati tuproq-iqlim sharoitiga mos, hosildorligi, oqsili va moydorligi yuqori soyaning yangi Ehtiyoj va Xotira navlari urug‘chiligini tashkil etish va amaliyotga keng joriy etish”.

Laboratoriya Davlat dasturi: bazaviy moliyalashtirish dasturi doirasida 2026 yilda bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari mavzusi “Soya, kunjut va moshning biokimyoviy ko‘rsatkichlari, lipidomik profili va stressga chidamlilik xususiyatlarini o‘rganish asosida istiqbolli genotiplarni tanlash hamda ularni tavsiflash”.

Laboratoriya olimlari tomonidan oxirgi 5 yillikda chop etilgan maqolalar:

Xorijiy nashrlarda:

  1. I. KURBANBAEV, S. ABDUSHUKIROVA, D. QULMAMATOVA, N. SANAYEV, G. G’ULOMOV, F. SOBIROV, L. YUNUSOVA, and I. ISMOILOV. GENETIC VARIABILITY AND INHERITANCE OF AGRONOMIC TRAITS IN F1 AND F2 POPULATIONS OF SOYBEAN (GLYCINE MAX L.).//SABRAO J. Breed. Genet.58(3)1008-1018,2026 http://doi.org/10.54910/sabrao2026.58.3.6
  2. I.Kurbanbaev, S.Abdushukirova, Z.Toshmatov, A.Amanov, A.Azimov, and J.SHavkiev. Assessment of botanical and genetic collection of soybean for morphological and yield attributes and their impact on nodule-associated bacteria and soil fertility.// SABRAO Journal of Breeding and Genetics 55 (3) 760-777, 2023 http://doi.org/10.54910/sabrao2023.55.3.14 http://sabraojournal.org/ pISSN 1029-7073; eISSN 2224-8978. https://sabraojournal.org/assessment-botanical-genetic-collection-soybean-morphological-yield-attributes-impact-nodule-associated-bacteria-soil-fertility/
  1. Ilkham Kurbanbaev, Sohiba Abdushukirova, Abdulla Fayzullaev, Zokhidjon Ziyadullaev, Normumin Sanaev1, Dilafruz Kulmamatova. Morpho-yield contributing traits and correlation of soybean parental and F1 hybrids.// Journal of Wildlife and Biodiversity 8(4): 129-137 (2024). https://www.webofscience.com/wos/woscc/summary/8743a3b0-59f6-4d73-996d-10ce2b3e8396-012210365a/relevance/1
  2. Ilkham Kurbanbaev*, Sohiba Abdushukirova, Mavlon Utayev, Normumin Sanayev, Dilafro‘z Qulmamatova. Selection of sources with superior agronomic traits from F3 hybrid generation soybean genotypes.// Journal of Wildlife and Biodiversity 9(2):323-330 (2025). https://www.wildlife-biodiversity.com/index.php/jwb/article/view/943/805
  3. Zokir Toshmatov, Ilkham Kurbanbaev, Jasur Juraev, Sokhiba Abdushukirova, Tursunali Xolikov, Yulduzoy Khojamkulova, Mahbuba Bozorova. Metabolism of volatile metabolites in soybean varieties infected by Fusarium oxysporum.// Journal of Wildlife and Biodiversity 8(4): 138-147(2024). https://www.webofscience.com/wos/woscc/summary/8743a3b0-59f6-4d73-996d-10ce2b3e8396-012210365a/relevance/1
  4. Dilfuza Jabborova, Monika Chaudhary, Jasurbek Juraev, Ilkham Djumanazarovich Kurbanbaev, Abdujalil Narimanov, Normumin Sanaev, Abdumurod Xakimov, Muzafar Jabborov, Lobna Hajji-Hedfi, Ahmed M. Abdel-Azeem. Harnessing the soybean microbiome: An integrated approach for abiotic stress resilience and sustainable production.// Microbial Biosystems. 10(4) (2025) 2025.1465. P.36-46.
  5. Dilfuza Jabborova, Mekhrigul Dustova, Megha Barot, Alimjan Matchanov, Salikhjan Maulyanov and Abdulahat Azimov. Biochar and NPK fertilizer effects on flavonoids and vitamins composition of okra, Abelmoschus esculentus (L.) Moench grown in Tashkent region of Uzbekistan. Annals of Phytomedicine 13(2): 1-9, 2024.
  6. Dilfuza Jabborova, Mekhrigul Dustova, Monika Chaudhary, Abdulahat Azimov. The impact of biochar and mineral fertilizers on photosynthetic pigments and relative water contents of okra, Abelmoschus esculentus (L.) Moench. Annals of Phytomedicine 13(2): 1-9, 2024.
  7. Jabborova D, Ziyadullaeva N, Enakiev Y, Narimanov A, Dave A, Sulaymanov K, Jabbarov Z, Singh S, Datta R. Growth of spinach as influenced by biochar and bacillus endophyticus IGPEB 33 in drought condition. 2023 a, Pak. J. Bot., 55(SI): DOI: http://dx.doi.org/10.30848/PJB2023-SI(6).(Q3,IF1.2) https://www.researchgate.net/publication/368753511_GROWTH_OF_SPINACH_AS_INFLUENCED_BY_BIOCHAR_AND_BACILLUS_ENDOPHYTICUS_IGPEB_33_IN_DROUGHT_CONDITION
  1. Dilfuza Jabborova., Annapurna Kannepalli., Kakhramon Davranov., Abdujalil Narimanov., Yuriy Enakiev., Asad Syed., Abdallah M Elgorban., Ali H.Bahkali., Stephan Wirth., R. Z. Sayyed. (2021). Co-inoculation of rhizobacteria promotes growth, yield and nutrient contents in soybean and improves soil enzymes and nutrients under drought conditions. Scientific reports. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/34764331/
  2. Jabborova, D., Annapurna, K., Choudhary, R., Bhowmik, SN., Desouky, SE., Selim, S., Azab, IH., Hamada, M., Nahhas, NE., Elkelish, A. Interactive Impact of Biochar and Arbuscular Mycorrhizal on Root Morphology, Physiological Properties of Fenugreek (Trigonella foenum-graecum L.) and Soil Enzymatic Activities. Agronomy. 2021 Nov;11(11):2341.(Q1.IF:3.41). https://www.researchgate.net/publication/356396200
  3. Jabborova, D., Annapurna, K., Al-Sadi, A. M., Alharbi, S. A., Datta, R., Zuan A.T.K. (2021). Biochar and Arbuscular mycorrhizal fungi mediated enhanced drought tolerance in Okra (Abelmoschus esculentus) plant growth, root morphological traits and physiological properties. Saudi Journal of Biological Sciences, Volume 28, Issue 10, 5490-5499. (Q1. IF: 4.21). https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/34588859/
  4. Jabborova, D., Annapurna, K., Paul, S., Kumar, S., Saad, H. A., Desouky, S., & Elkelish, A. (2021). Beneficial Features of Biochar and Arbuscular Mycorrhiza for Improving Spinach Plant Growth Root Morphological Traits, Physiological Properties, and Soil Enzymatic Activities. Journal of Fungi, 7(7), 571. (Q1. IF: 5.81). https://www.researchgate.net/publication/353307435
  5. Jabborova, D., Wirth, S., Halwani, M., Ibrahim, M. F., Azab, I. H. E., El-Mogy, M. M., & Elkelish, A. (2021). Growth Response of Ginger (Zingiber officinale), Its Physiological Properties and Soil Enzyme Activities after Biochar Application under Greenhouse Conditions. Horticulturae, 7(8), 250. (Q1. IF: 2.33). https://www.researchgate.net/publication/353945767
  6. Jabborova, D., Ma, H., Bellingrath-Kimura, S. D., & Wirth, S. (2021). Impacts of biochar on basil (Ocimum basilicum) growth, root morphological traits, plant biochemical and physiological properties and soil enzymatic activities. Scientia Horticulturae, 290, 110518. (Q1. IF: 3.46) https://www.sciencegate.app/document/10.1016/
  7. M.Sh. Jaynaqov, Sh. Yunuskhanov, I. Dzh. Kurbanbaev.Amounts of Protein and Fat in Grain of Soybean Genetic Collection Samples.// Journal of Pharmaceutical Negative Results. DOI: 10.47750/pnr.2022.13.S07.051 Volume 13 Special Issue 7 2022. P.364-367. https://www.pnrjournal.com/index.php/home/article/view/1871
  1. Jabborova D, Annapurna K, Azimov A, Tyagi S, Pengani KR, Sharma P, Vikram KV, Poczai P, Nasif O, Ansari MJ, Sayyed RZ. Co-inoculation of biochar and arbuscular mycorrhizae for growth promotion and nutrient fortification in soybean under drought conditions. Frontiers in Plant Science. 2022;13. (IF 6.627). https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/35937362/h.gov/35937362/
  2. Ma H, Shurigin V, Jabborova D, Cruz JA, Wirth S, Bellingrath-Kimura SD, Egamberdieva D. The Integrated Effect of Microbial Inoculants and Biochar Types on Soil Biological Properties, and Plant Growth of Lettuce (Lactuca sativa L.). Plants. 2022 Jan;11(3):423. (IF 4.658). https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/35161404/
  3. Mistry K, Sardar SD, Alim H, Patel N, Thakur M, Jabbarova D, Ali A. Plant based proteins: Sustainable alternatives. Plant Science Today. 2022 Oct 1;9(4):820-8. https://www.researchgate.net/publication/363250880_Plant_based_proteins_Sustainable_alternatives

Mahalliy nashrlarda:

  1. Kurbanbayev I.Dj., Utayev M.S., Dolimov A.A., Do‘lanazarov A., Abdushukirova S.K.,
    Yunusxonov Sh. Soyaning ayrim nav namunalarini morfoxo‘jalik belgilari bo‘yicha molekulyar-genetik baholash. //XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –4/1-2026 y., 130-135 betlar.
  2. D.B.Vaisova, I.Dj.Kurbanbaev. Biochemical analysis of seeds of foreign and local sesame
    (Sesamum indicum L.) genotypes.//International scientific journal "Modern biology and genetics"
    . 2026. №1 (15), P. 11-20.
  3. Kurbanbayev I.Dj., Soatova F.B. Soya (Glycine Max. (L.) MERR.) Nav namunalarining ayrim morfoxo‘jalik belgilariga ƴ-gamma nurlarining past kuchlanishli ta’sirini o‘rganish.// “Oziq-ovqat xavfsizligi: milliy va global muammolar” Ilmiy jurnali (№2025/3). 4-8 betlar.
  4. Vaisova D.B., Kurbanbayev I.Dj. Kunjut (Sesamum Indicum L.) nav namunalarida urug‘ unuvchanligi va morfoxo‘jalik belgilar hamda fenologik kuzatuv natijalarining qiyosiy tahlili.// “Oziq-ovqat xavfsizligi: milliy va global muammolar” ilmiy jurnali (№2025/3) 55-60 betlar.
  5. Utayev Mavlon Saydullayevich, Kurbanbayev Ilxam Djumanazarovich, Abdishukirova Soxiba Kamolovna. Soya navlarining bargidagi xlorofill miqdorini o’simliklar rivojlanishining turli bosqichlaridagi qiyosiy tahlili.//Guliston davlat universiteti axborotnomasi, Tabiiy, qishloq xo‘jaligi, texnika fanlari seriyasi. 2025. № 3. 39-43 betlar.
  6. J.Jo‘raev, I.Kurbanbayev, S.Abdushukirova. Bioazot biopreparati bilan ishlov berilgan mahalliy soya nav-namunalari donidagi oqsil, moy hamda almashinmaydigan aminokislotalar miqdorini o‘rganish.// NamDU Ilmiy Axborotnomasi, 03.00.00-Biologiya fanlari, 2024-5-son, 278-282 betlar. https://journal.namdu.uz/
  7. Abdushukirova S.K., Kurbanbayev I.Dj., Qulmamatova D.E., Soatova F.B. Soyaning sochilmas navi ishtirokidagi retsiprok duragaylarida bo‘g‘in soni belgisining irsiylanishi./ SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION SPECIAL ISSUE April, 2024 | ISSN: 2181-3337 | 302-304 betlar. https://docviewer.yandex.uz/view/0/?page=1&*=vh7gQvM1pZ0Qqp%2BH1fsNXksv3vp
  8. Abdushukirova Soxiba Kamolovna, Kurbanbaev Ilxam Djumanazarovich, Qulmamatova Dilafro‘z Erkinovna, Jo‘raev Jasur Normurodovich, Yunusov Oybek Xabibullaevich. Soyaning (Glycine max (L.) merr.) kollektsiya namunalarida hosildorlik belgilarining o‘zaro bog‘liqligi.//Guliston Davlat universiteti axborotnomasi, Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari seriyasi. 2023. № 1. 57-61 betlar. http://res.guldu.uz/guldu/05-06-23/02023-1-1.pdf
  9. Abdushukirova S., Amanov A., Kurbanbaev I.Dj., Toshmatov Z.O., Allambergenov T.D. Soyaning genetik kollektsiya namunalarining fraktsiyalarga bo‘linishi va morfologik ko‘rsatkichlari.// O‘zMU xabarlari, 2022 y., 3/1/1, Toshkent, 9-12 betlar. https://api.scienceweb.uz/storage/publication_files/3715/10298/6457907ee8429
  10. Kurbanbayev I.Dj., Utayev M.S., Dolimov A.A., Do‘lanazarov A., Abdushukirova S.K.,
    Yunusxonov Sh. Soyaning ayrim nav namunalarini morfoxo‘jalik belgilari bo‘yicha molekulyar-genetik baholash. //XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –4/1-2026 y., 130-135 betlar.
  11. D.B.Vaisova, I.Dj.Kurbanbaev. Biochemical analysis of seeds of foreign and local sesame
    (Sesamum indicum L.) genotypes.//International scientific journal "Modern biology and genetics"
    . 2026. №1 (15), P. 11-20.
  12. Jabborova D.P., Z.A.Jabbarov, M.Dustova.Bamiya barglaridagi plastid pigmentlar miqdoriga biochar va mineral o‘g‘itlarning ta’siri. Farg'ona davlat universiteti. 2024 N3:205-209. https://journal.fdu.uz/index.php/sjfsu/article/view/3426
  13. Jabbarov Z, Jabborova D, Dustova M. BAMIYA O‘SIMLIGI ILDIZ TIZIMINING MORFOLOGIK KO ‘RSATKICHLARIGA BIOCHAR VA MINERAL O ‘G ‘ITLARNING TA’SIRI. Farg'ona davlat universiteti. 2024 Jun 11(2):111-116. https://journal.fdu.uz/index.php/sjfsu/article/view/3426
  14. Allambergenov T., Abzalov M., Kurbanbaev I., Abdushukirova S., Amanov A., Ergashev O., Qaynarov P. Soyaning yangi “Xotira” va “Extiyoj” navlari.// “O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi” jurnali. 6-son, Toshkent, 2021. 25 b. https://drive.google.com/file/d/1LVFfFS17RyVAAEHwpR14I0qOrdXtnYOU
  15. Abzalov M., Kurbanbaev I., Allambergenov T., Abdushukirova S., Amanov A., Ergashev O., Qaynarov P. Soya – izzat talab o‘simlik.// Agro ilm jurnali. 3-son (73), Toshkent, 2021. 18 b. https://slib.uz/ru/edition/file-view?id=1132

Patentlar:

  1. Soyaning “Ehtiyoj” naviga patent O‘zR № NAP 20200102, 2022 yil.
  2. Moshning Ishonch naviga patent. NAP 532, 21.01.2025 y.
  3. Soyaning “Xotira” naviga patent. NAP 559, 27.05.2025 y.
  4. Soyaning “Marjon” naviga patent. № NAP 606, 20.01.2026 yil.

Litsenzion shartnoma

  1. Moshning yangi “Ishonch” navini tijoratlashtirish uchun Jizzax viloyati, Paxtakor tumanidagi “SEMRUGʻ CLUSTER” MChJ urug‘chilik klasteri bilan 2026 yil 8 may sanasida №-2 sonli litsenzion shartnoma imzolandi. Adliya vazirligidan ro‘yhatdan o‘tkazish uchun SNP 20260001 (20.05.2026) raqamli talabnoma topshirildi. Ushbu litsenzion shartnoma Adliya vazirligidan ro‘yhatdan o‘tkazildi (26.05.2026, №321/2026).

 

Doktorantlar:

 

Jo‘raev J.N.Soyaning (Glycine max (L) Merr.) morfoxo‘jalik belgilari va fiziologik-biokimyoviy ko‘rsatkichlarini baholash asosida samarali genotiplar olish”. 03.00.07O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi. Tel: +998977150535. jasurbekjurayev2905@gmail.com

 

Qodirova S.S. Lathyrus sativus L. turiga mansub xorijiy kollektsiya namunalarining hosildorligi va fiziologik xususiyatlari”. 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi. Tel: +998998335289. qsaodat71@gmail.com

 

Urazbaeva U.A.– “Eryong‘oq (Arachis hypogaea L.) kolektsiyasining mahalliy va xorijiy nav namunalarini ayrim fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish”. 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi. Tel: +998972618676. Ogiloyurazboyeva@gmail.com

 

Vaisova D.B.“Kunjut (Sesamum indicum L.) kollektsiyasining morfoxo‘jalik belgilari polimorfizmini tadqiq etish asosida istiqbolli genotiplarni tanlash va ularni tavsiflash”. 03.00.09 – Umumiy genetika. Tel: +998978563007. dilfuzavaisova53@gmail.com

Maqsadli doktorant:

Nematova Madinaxon G‘ayrat qizi Ayrim sholi navlarining xo‘jalik belgilari va biokimyoviy ko‘rsatkichlari tahlili (Andijon viloyati sharoitida). 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi. Tel: +998977961504.

Mustaqil izlanuvchilar:

 

O‘taev M.S. – “Sirdaryo viloyati sharoitida soyaning asosiy va takroriy ekinga mos mahalliy navlarining fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari”. 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi. Tel: +998972477222. utayevmavlon@gmail.com

 

Soatova F.B. – “Soya (Glycine max (L) Merr.) genetik kollektsiyasi nav namunalariga fizik mutagenlar taʻsir ettirish orqali mutant tizmalar olish va ularni tavsiflash”. 03.00.09 – Umumiy genetika. Tel: +998935870079.

 

 

08/09/2026 1474