G‘o‘za genetikasi va seleksiyasi labaratoriyasi

G‘o‘za genetikasi va seleksiyasi labaratoriyasi

Laboratoriya mudiri q/x.f.d.  A.N.Axmedjanov
Tel. +998 90 926 81 73


 

 

 

Laboratoriya nomi

G‘o‘za genetikasi va seleksiyasi


Laboratoriyaning asosiy yo‘nalishi G‘o‘zaning qimmatli xo‘jalik belgilari – tezpisharlik, hosildorlik, turli iqlim sharoitlariga moslashgan, vilt kasalligiga chidamli, duragay populyasiyalarini irsiyatini va o‘zgaruvchanligini o‘rganish hamda shu asosda kompleks qimmatli xo‘jalik belgilarini mujassam etgan yangi g‘o‘za navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy qilish.


Laboratoriyaning asosiy vazifalari.

Seleksiya va urug‘chilik ishlarini olib borishda asosiy diqqat e'tiborni qimmatli xo‘jalik belgilari – hosildorlik, tezpisharlik, tola sifati,  moslanuvchanlik va ekstremal sharoitlarga bardoshli  navlarni yaratishga qaratilishi kerak. Yangi g‘o‘za navlarida genetika va seleksiya ishlarini olib borishda kasallik va zararkunandalarga bardoshliligi va tola sifatining jahon andozalariga javob berish xususiyatlariga qaratilishi lozim. Asosiy vazifalardan yana biri konkret hududlarga moslashgan adaptiv shakllarni ajratib kelajakda muayan sharoitlarda ekib ko‘paytirilishi va paxta-to‘qimachilik klasterlari tizimiga joriy etiladi.

Laboratoriyaning asosiy yutuqlari

So‘ngi yillar davomida yaratilgan va ishlab chiqarishga joriy qilingan istiqbolli Ishonch, AN-519, Zafar, Zangi-Ota-2, Zamin va AN-521 g‘o‘za navlarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Hozirda bu navlar birlamchi va elita urug‘chilik xo‘jaliklarida sinab ko‘paytirilmoqda. Shulardan Ishonch, AN-519 va Zafar navlari O‘zR QXV buyrug‘i bilan istiqbolli navlar reestiriga kiritilgan. Zafar g‘o‘za navi  Global textile solution paxta-to‘qimachilik klasteri tizimida ishlab chiqarishga joriy etilmoqda.
Laboratoriyada bitta doktorlik ishi himoya qilindi. 30 ta ilmiy maqola, shulardan 5 tasi chet el nashrlarida, 15 ta Respublika nashrlarida, 10 ta tezis chop etilgan.  Ishonch, Zangi-Ota-2, Zafar, Davr, Nasaf va AN-519 g‘o‘za navlariga patent olingan. AN-521 va Zamin navlariga patent olish uchun buyurtma berilgan. 

Oxirgi 5 yilda - Laboratoriyada 1 ta fan doktori, 3 ta fan nomzodlari ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadi.
 

2020-01-07 13:14:40 893