G‘o‘za sistematikasi va introduksiyasi labaratoriyasi

G‘o‘za sistematikasi va introduksiyasi labaratoriyasi

Laboratoriya mudiri: Biologiya fanlari doktori, professor. S.M.Rizaeva.

Tel: +998 71 262-92-18, 99-815-50-12;

e-mail: smrizaeva@mail.ru

 

 

Laboratoriyaning asosiy yo‘nalishi:

Gossypium L. turkumi turlarining sistematikasi, evolyusiyasi va filogeniyasiga oid fundamental muammolarni yechish, turichi va turlararo duragaylashda tur va shakl hosil bo‘lish qonuniyatlarini aniqlash, ularning genetik potensialidan amaliy seleksiyada samarali foydalanish yo‘llarini izlash masalalari tashkil etadi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning milliy boyligi sanalgan, paxtachilik rivojlanishini istiqbolini belgilovchi, qimmatli xo‘jalik belgilarining tuganmas manbai bo‘lgan “G‘o‘za genofondi”ni o‘rganish, saqlash va boyitish, uning noyob namunalari asosida, xalq xo‘jaligini talablarini qondiruvchi va dunyo bozorida raqobatbardosh bo‘lgan navlar yaratish uchun yangi genetik asosli sintetik introgressiv shakllar, tizmalar yaratishdir. 


Laboratoriyaning asosiy vazifalari:

- Gossypium L. turkumining evolyusiyasi, filogenetikasi va sistematikasini o‘rganish. Tajribalar asosida turichi tabiiy sistemasini tuzish; 
-G‘o‘zaning dunyoviy xilma-xilligi genofondidan amaliy seleksiyada foyda-lanish;
 - Sintetik duragaylar olish va ularni seleksiya jarayonlariga tavsiya qilish;
- Madaniy g‘o‘za navlarini noyob belgilar bilan boyitish;
-G‘o‘za genofondi kolleksiyasi namunalarini hayotchan holda saqlash va to‘ldirish.
Laboratoriyada 1 ta akademik, 2 ta doktor, 6 ta biologiya fanlari nomzodi, 2 ta doktorant, 2 ta kichik ilmiy xodim, 2 ta magistrlar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadi. 

Laboratoriyaning asosiy yutuqlari:

Qiyosiy morfologiya, anatomiya, sitogenetika va turlararo duragaylash uslublar G.mustelinum Miers ex Watt. turining G.hirsutum L., G.barbadense L. turichi xilma-xilliklari hamda G.darwinii Watt. turi bilan filogenetik munosabatlari xamda amaliy seleksiyada foydalanish aspektlari aniqlangan.
«Genofond-2» navining agrotexnologiyasini to‘g‘ri olib borish, ekish maydonlarini kengaytirish borasida, muntazam ravishda, ilmiy maslahatlar berilgan. 2019 yilda navning maydoni Jizzax viloyatining Mirzacho‘l va Do‘stlik tumanlarida 3.000 ga tashkil etgan, 2020 yilda esa 8.000-10.000 gacha oshirish rejalashtirilgan.
Oxirgi besh yilda (2015-2019 yy) laboratoriya olimlari rahbarligida 5 ta falsafa doktori PhD, 3 ta fan doktori DsC dissertasiyalari himoya qilingan. Bundan tashqari 7 ta monografiya, 1 ta uslubiy qo‘llanma chop etilgan, 2 ta patent, 1 ta elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma olingan.

2020-01-09 16:21:51 1012