Biokimyoviy genetika.

Biokimyoviy genetika.

Laboratoriya mudiri: Yunusxonov Shavkat., biologiya fanlari doktori, professor.Yunusxonov Shavkat

Tel.ish. 71-264-78-66;  sot. 94-639-47-48; e-mail yushavkat@mail.ru 

 

 

 

Laboratoriyaning nomi:

Biokimyoviy genetika.

Laboratoriyaning asosiy yo‘nalishi:

G‘o‘za va ayrim donli ekinlarning oqsil va izoferment markyorlarini aniqlash va ularni irsiylanishini tadqiqot qilish natijasida o‘simliklarni xo‘jalik uchun axamiyali belgilari bilan bog‘likligin aniqlash, nav tozaligini aniqlash uchun qo‘llash, xamda ularni filogenetikasidagi axamiyatini tadqiqot qilish. O‘simliklarni xar xil ekologik stress omillarga chidamliligini oshirishda urug‘larni ekish oldidan chiniqtirishning biokimyoviy asoslarini tadqiqot qilish.

Laboratoriyaning asosiy vazifalari: 

- Institutda yaratilgan soya kolleksiya namunalarining moydorligi, oqsil fraksiyalari miqdorlarini tadqiqot qilish;
- soya kolleksiya namunalarining oqsil fraksiyalarini elektroforetik usulda tadqiqot qilish;
-g‘o‘za va ayrim boshqa donli ekinlarni suv tanqisligiga chidamliligini oshirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish;
- ekinlarni suv tanqisligiga chidamliligini oshirishda degidrinlarni rolini aniqlash.
Laboratoriyada 2 ta fan doktori, 2 ta biologiya fanlari nomzodi  2 ta kichik ilmiy xodim ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadi. 

Laboratoriyaning asosiy yutuqlari:

Laboratoriyada g‘o‘za va donlik o‘simliklarning biokimyoviy belgilari bilan ularning xo‘jalik uchun axamiyatlik bo‘lgan bir qator belgilari o‘rtasida genetik aloqadorlik bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ilk bor amalga oshirilgan va bu yo‘nalishdagi izlanishlarni Respublikaning bir qator ilmiy muassasalarida va boshka xorijiy davlatlarda xam rivojlanishiga sezilarli turtki bulgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida g‘o‘zanining G.hirsutum L. va G.barbadense L. turlari uchun ilk bor oqsil markerlari aniqlandi va ularni g‘o‘zaning o‘rta va ingichka tolali navlari uchun nav tozaligini aniqlash uchun tavsiyalar ishlab chiqildi. Bu oqsil markerlarini \o‘za turlari orasida filogenetik bo\liklikni tadqiqot qilishda qo‘llash natijasida  G.hirsutum L. va G.barbadense L. turlarini kelib chiqishida G.herbaceum  va G.raimondii diploid turlaridan tashqari  G.hirsutum L. turi uchun G.trilobum,  G.barbadense L. turi uchun esa G.thurberi turlari qatnashganligi faraz qilindi. Xozirgi davrda bunday tadqiqotlar soya o‘simligida xam olib borilayapti.
Oxirgi besh yilda (2015-2019 yy) Sh.Yunusxonov raxbarligida 1 ta fan doktori DsC va 1 ta falsafa doktori PhD himoya qilingan. Bulardan tashqari 33 ta ilmiy ishlar nashr qilingan bo‘lib ulardan 21 tasi respublika va xorijiy davlat jurnallarida va 12 tasi respublika va xalqaro anjuman to‘plamlarida  chop etilgan. 

2020-01-13 11:36:23 724